Get Mystery Box with random crypto!

Tasodifan baxtsizlar orasida ekanimni tushunib qoldim. Ehtimol | Ochiq kundalik

Tasodifan baxtsizlar orasida ekanimni tushunib qoldim. Ehtimol, ular tirik ekanlari va shu damda yonlaridagi inson bilan oʻzlarini baxtli his etayotgandilar. Ammo, bu hali men bilgan baxt tushunchasiga toʻla mos kelmadi. Xoʻp, deylik Ular. Ikkisi ajralishi tayin va shundan iztirobda. Shu bilan birga, iztirob chekish uchun sabablari borligi bilan oʻzlarini baxtli his etishadi. Ularni kuzata turib, naqadar gʻarib bir baxt kulbasini yaratayotgan odamlar ekanliklarini anglayotibman. Bu anglam ogʻriq yetkazadi menga. Ularga ham, albatta. Bilishadi oʻzlari. Biladilar va davom etadilar. Oniy quvonchni uzaytirishga urinishadi.
Kechadan beri Sartrning gaplari miyamda aylanyapti: “Uxlasang kecha bitadi, uxlamasang — sen.” Uyqum kelyapti. Lekin, kunduzgi uyqu kechki hasratning ibtidosi emasmi? Menimcha ayni shunday. Bu yuzdan ham Ularni kuzatayotgan oʻzimning achinarli holatimni tomosha qilishdek imkoni bor baxtlilarga havasim keladi. Naqadar gʻalati va mazoxistik qarashlar...