Get Mystery Box with random crypto!

#Info. Bugun birinchi marta chet el kompaniyasidan shaxsiy hi | Kamol_arx

#Info. Bugun birinchi marta chet el kompaniyasidan shaxsiy hisob raqamimga pul tushurib, uni naqd qilib oldim. 5 yil chet el bilan ishlagan boʻlsam, oldin buni iloji yoʻq edi. Yoki, man qilolmaganman. Chunki, oʻsha paytni qonunchiligiga koʻra, chetdan pul olmoqchi boʻgan kishi yuridik shaxs boʻlishi, soliqlarni otni kallasiday toʻlashi kerak edi. Yagona yoʻl Western Union boʻlgan. Oʻzini hurmat qiladigan kompaniya bunday pul yubormasidi. Va nihoyat “Yangi Oʻzbekiston”da vaziyat oʻzgaribdi. Endi hammasi qonuniy mumkin. Quyida yoʻlini oʻrgataman. Million topsangiz ham qonuniy boʻladi. Soliqchilar bilan ham muammo boʻlmaydi.

1. Chet eldan ish topasiz. Busiz uyogʻdan pul olish qiyin.

2. MyGov, Soliq saytidan yoki Soliq programmasidan “Oʻz-oʻzini band qiluvchi” sifatida roʻyhatdan oʻtasiz.

3. Roʻyhatdan oʻtishda kasbingizni toʻgʻri tanlang. Bizga 62-yoʻnalish mos keladi: Multimedia, dizayn va san’at materiallarini yaratish va ishlov berish (veb-dizayner, grafika dizayneri, kompyuter o‘yinlari dizayneri, interyer dizayneri, landshaft dizayneri, liboslar dizayneri, retusher, fotokollajchi, vektor grafikasi muharriri, arxitektor, vizuallashtiruvchi dizayner, ma’lumot dizayneri, interfeys dizayneri, texnik dizayner, moushn-dizayner, banner yasovchi, nashriyot dizayneri, flesher, 3D-dizayner, video muharrir, videooperator, bastakor, ovoz rejissori, aranjirovkachi, suxandon, foto muharrir va boshqalar)

4. Soliq saytidan yoki Soliq programmasidan ma’lumotnomani yuklab oling. Yoʻnalish notoʻgʻri ketib qolgan boʻlsa, uni oʻzgartirib boshqattan yuklab oling.

5. Endi Click, Payme yoki Soliq idorasi orqali har yilda bir marta toʻlanadigan soliqni toʻlang. Uning miqdori 1 BHM. Hozirgi kunda 300 ming soʻm. Har yil shu pulni toʻlab, toʻliq qonuniy daromad olasiz. Million topsangiz ham, boshqa soliq yoki toʻlov qilmaysiz.

6. Bankdan borib xalqaro valyutada hisob raqam ochtirasiz.

7. Chet el kompaniyasi bilan kontraktda “oʻz-oʻzini band qiluvchi” deb oʻzizni yozasiz.

8. Ishizni yaxshilab bajaring. Boʻlmasa pul tushmaydi.

9. Pul tushganda bankka ertalabdan oʻtuvrasiz. 2 soatlik navbatdan keyin, soqqani olib bizga yozuvring. Oshga boramiz.