Get Mystery Box with random crypto!

Avvalo, ' Payg'ambarlar tarixi '  haqida ikki og'iz... Ushbu | Kama's world 🌎

Avvalo, " Payg'ambarlar tarixi "  haqida ikki og'iz...

Ushbu 4 ta kitobdan iborat 12 ta Payg'ambar alayhissalomlar haqidagi qissalar to'plami. Asosan, bolalar uchun mo'ljallangan ammo kattalar ham bemalol o'qisa bo'ladi, tushunishga juda oson va qiziqarli.

Barcha hikoyatlarning asosi Qur'oni Karim. Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy"siga o'xshab ketadi ammo undan ko'ra ancha sodda. Har bitta kitobda uchtadan Payg'ambarlar hayot yo'llari - qanday qiyinchiliklarga duch kelganliklari hamda Alloh ularga ko'rsatgan hidoyatlari berilgan ; O'zim ham ancha narsani o'rgandim.

Adibga keladigan bo'lsak, Haydar Bulgakiy haqida OAVda umuman ma'lumot topa olmadim.
Qirg'izistonda nashr qilingan ekan kitobda yozilishi bo'yicha.

1-kitob: Odam, Nuh, Solih alayhissalomlar
2-kitob: Ibrohim, Yunus, Ayyub alayhissalomlar
3-kitob: Yusuf, Muso, Dovud alayhissalomlar
4-kitob: Sulaymon, Iso, Muhammad ( s.a.v) alayhissalomlar.

Hali umuman Islom diniga oid kitob o'qimaganlarga mana shu kitoblardan boshlashni maslahat beraman.