Get Mystery Box with random crypto!

Amaldagi banknotlar soni 12taga yetmoqda Shu yil boshida Ma | Kun voqealari [Tarixda bugun].

Amaldagi banknotlar soni 12taga yetmoqda

Shu yil boshida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 200 ming so‘mlik kupyura 2024-yilga borib muomalaga chiqishi mumkinligini aytgandi. Oxirgi paytlarda naqd pul yetishmovchiligi muammosi yuzaga kelib, bankomatlarda navbatlar ko‘paygani bu muddatni ortga surmaslikka turtki bergan bo‘lishi mumkin.

Shu tariqa, indinga – juma kuni yangi kupyuralarning ilk sohiblari (asosan bank xodimlari va bankda tanishi borlar) ijtimoiy tarmoqlarda yangilikni ko‘z-ko‘z qilishi mumkin.

Shu bilan O‘zbekistonda muomaladagi kupyuralarning turlari soni 12taga yetadi. Eski banknotlar tezroq yig'ishtirib olinmasa, bunday xilma-xillik noqulayliklar tug'dirishi tayin.

Yangicha dizayndagi banknotlarning o'ziga xosliklari haqida Xpress avvalroq batafsil to'xtalib o'tgan edi.

Xpress.uz