#BoburDay Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘, Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘. Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq, Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘! Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma, Kelmadi jonimga hech oromi jondin yaxshilig. Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p, Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig? Bori elga yaxshilig qilgilki, mundin yaxshi yo‘q, Kim degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig! Yaxshilig ahli jahonda istama Bobur kibi, Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig? @kalendarlar 375 views02:12