Get Mystery Box with random crypto!

Alloh taolo buyuradi: '(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban | Kalbim hasreti 💕🫶🏻

Alloh taolo buyuradi:

"(Ey Muhammad), yana siz har bir tuban qasamxo‘r, g‘iybatchi-yu, gap tashuvchi (chaqimchi)kimsaga itoat etmang!" (Qalam surasi, 10-11).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: "Chaqimchi jannatga kirmaydi" (Muttafaqun alayh).

Yana bir hadisda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki qabr yonidan o‘taturib: "Bu ikkisi (ya'ni, qabrdagi mayyitlar) azoblanmoqda. Biroq katta narsa sababli azoblanayotganlari yo‘q. Ulardan biri siydigidan saqlanmas edi. Ikkinchisi chaqimchilik qilib, gap tashib yurardi", dedilar. So‘ng ho‘l novdani olib, ikkiga bo‘ldilar va har bir qabrga bittadan bo‘lakni sanchib qo‘ydilar. "Ey Rasululloh, nima uchun bunday qildingiz?" deb so‘rashganida, u zot sollallohu alayhi vasallam: "Shoyad bu novdalar qurigunicha, ulardan azob yengillatib turilsa", deya javob berdilar. (Muttafaqun alayh).

Biroq "katta narsa sababli azoblanayotganlari yo‘q" jumlasini quyidagicha tushunish mumkin: bu ishlarni tark etish ular uchun juda qiyin emas edi yoki ularning nazarida juda qiyin emas edi. Shuning uchun boshqa bir rivoyatda: "Yo‘q, u katta gunohdir", deyilgan.

@kalbim_hasreti