Get Mystery Box with random crypto!

Ulg'aydik Soxta mulozamat bilan samimiy munosabatning farqi | kalbim_benim☘️♡

Ulg'aydik

Soxta mulozamat bilan samimiy munosabatning farqiga borar yoshga yetdik..

Ko'zlarimiz xiralashdi, ammo qalb ko'zimiz tiniqlashdi… Endi mezonimiz ko'nglimiz emas, iymonimiz bo'ldi, aytilgan so'zlarning amalini shariatga mosligini ko'rmaguncha ishonmaydigan bo'ldik..

Boshqalarga emas, o'zimizga talabchan bo'lishni boshladi..
Kelganlarga "marhabo!", ketganlarga "alvido!" deyishni o'rgandik..

Behuda so'zlarga ishonishga, besamar ishlarga urinishga, noloyiqlar ortidan yugurishga vaqtimiz yo'q endi..istamaymiz ham..

Horg'inlashdik..ammo sokinlashdik..

Eng muhimi - eng muhimlar kimlar va nimalar ekanini angladik..

Alhamdulillah…

@kalbim_benim01