Get Mystery Box with random crypto!

•Bir olim inson shunday dedi: Men sizga oʻzim ko'p foyda topg | K A K T U S 🌵

•Bir olim inson shunday dedi:

Men sizga oʻzim ko'p foyda topgan va ibodatimga ko'proq e'tibor qaratishimga sabab boʻlgan usulni tavsiya qilaman!

Qabr qo‘rqinchli, albatta solih boʻlmaganlar uchun...
Men bu haqda o'yladim , men hozir 42 yoshdaman dunyo va undagi narsalarni yomon ko'raman.

100 ming yil qabrda yashasam nima qilaman...
Tasavvur qilganmisiz???
Shunday qilib, men shunday boshladim ...
Men o'laman..
va mening bo'sh qabrim bor, qora va butunlay qorong'i..Bu qabrga mebel kerak bo'ladi...
Shunday qilib, har bir istigʻfor va har bir tavbani go'yo qabrimga  u yerda meni yolg'izligimda  kutib oladigan hamsuhbat boʻlishi uchun yuborayotganday tasavvur qildim...
Allohga qasamki, hazillashayotganim yo‘q..To‘liq jihozlash jarayonini  boshladim...

Tasbeh aytarkanman
Goʻyoki Qabrimning har tarafini minglab tasbehlar bilan to‘ldiraman...

Mana mening boshimdan kamida 300 ta Qur'on hatmi bor ...

Men oʻqigan har bir rakat, uni qabrga qo'yganimni tasavvur qilaman...

Hamma meni tashlab uyga qaytadi... yolg'iz qolaman balki million yil..
Shunday qilib, menga nur va darahtlar kerak va mening qabrim haqiqatan ham jannat bo'lishi kerak ...

Tasavvur qilamanki, atrofimda havqala (laa havla va laa quvvata illa billahihil aliyyil aziim), zikr, Qur’on, tashahhud va sadaqalarim bor, u yerda biz ular bilan kulishamiz, suhbatlashamiz,  Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga aytgan salovotlarim keladi va bizning suhbatimizga qoʻshiladi...hayot qanday ajoyib hayot....

Men u yerga tushib, g‘iybat va gap tashishlikka duch kelganimdan va barcha ishlarim dunyo talabi uchun qilinganligini ko‘rganimdan ,
Alloh uchun qilgan hech narsam yo'q va meni tashvish, azob, kaltak, qorongʻulik  va qattiq hisob-kitobdan boshqa hech narsa kutmasligidan yaxshi emasmi?...

Bugun sizga maslahatim...
. Qabringizni bank qiling... unga  sarmoyangizni qo‘ying...

Ibodatlaringizga qattiq e'tibor Bering .
Allohga qasamki, qabringizda ham  menga rahmat aytasiz.

U yerga  dunyodan ko'ra ko'proq e'tibor qarating.

Hozir siz o'z oilangiz orasida kiyinib,yeb -ichib ,uxlab, hursandchiliklar qilib yurasiz,
Va sizning barcha talablaringiz muhayyo, shunga qaramay ahvolimizni yomon ko'ramiz...

Qabr ostida shunday bo'lsa-chi, ...


Shuning uchun har bir tasbehga  yaxshi e'tibor bering.
Va unga ayting  mendan oldin u erga... qabrimga borib turgin...
Biz uchrashamiz va sen menga eng zo'r hamsuhbat va eng yaxshi hamroh bo'lasan....

AIlohim, bizga  goʻzal hotima nasib et..

@Kaktus_kalb |