Get Mystery Box with random crypto!

•Eshitganmisiz!? #Itoat_haqida. Umar ibn Abdulaziz xalifalik | K A K T U S 🌵

•Eshitganmisiz!?
#Itoat_haqida.

Umar ibn Abdulaziz xalifalikka o‘tirgach, musulmonlarning foydasi uchun ko‘plab ishlarni joriy qildi. Shulardan biri; boylarni kambag‘allarga doimo yordam berib turishga undar edi. Xattoki, musulmon o‘lkalarining barchasida kengchilik va to‘kin-sochinlik keng tarqaldi. Bunday xayrli ishlarga buyurishni avval o‘zidan va yaqin qarindoshlaridan boshladi. 
Bir kuni u xotini Fotimaga: 

“Ey Fotima, agar men bilan birga yashashda davom etishni istasang, o‘zingdagi bor mol-mulking va zebu-ziynatingni musulmonlarning baytul-moliga topshirasan, chunki men bir uyda sen bilan bunday mol-mulkka ega bo‘lgan xolingda yashay olmayman.”, dedi. Xotini Fotima: 
“Siz nima desangiz, shu, ey mo‘minlarning amiri”, deb javob berdi va o‘zining bor narsasini baytul-molga topshirdi. 
Umar ibn Abdulaziz raxmatulloxi alayx vafot etib, o‘rniga Fotimaning ukasi Yazid ibn Abdulmalik xalifalikka o‘tirgach, Fotimaga: 
“Bilamanki, Umar sizga javr qilgan. Men albatta, u sizdan olgan narsaning xammasini va yana shuncha miqdorda ziyodasi bilan sizga qaytaraman”, dedi.
Fotima uning bu taklifini rad qilib: 
“Yo‘q, Allohga qasamki, men unga xayotligida itoat qilib, vafotidan keyin itoatsizlik qiladigan ayol emasman”, degan mashxur so‘zini aytdi.

Itoatga qarang! subxan Alloh
Ma Shaa Alloh


Shu asosda aytib oʻtishim lozimki:
Ayol erini hurmat qilsa, uni qo‘ni-qo‘shnilar ham hurmat qiladi. Qo‘ni-qo‘shnilar hurmat qilsa, mahalla hurmat qiladi. Mahalla hurmat qilsa, shahar ahli ham hurmat qiladi. Shu tariqa bu doira kengayib boraveradi. Farzandlar borasida ham ayni shunday. Ota-ona bolalarini hurmat qilsa, qo‘ni-qo‘shnilar ham hurmat qiladi...


@Kaktus_kalb |