Get Mystery Box with random crypto!

RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI Ul | K A K T U S 🌵

RASMAN: RAMAZON HAYITI 2023-YIL 21-APREL KUNI NISHONLANADI

Ulamolar va astronomlarning Ramazon hayitini aniqlashdagi xulosalari
(2023-yil 19-aprel)

Oʻzbekiston musulmonlari idorasida Ramazon oyi va hayitini aniqlash uchun tuzilgan Ishchi guruhi xorijdagi nufuzli astronomiya markazlari va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Astronomiya institutidan olgan maʼlumotlarga koʻra, 1444-hijriy yil Shavvol oyining yangi oy fazasi (hiloli) shu yil 20-aprel, payshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 09:12 da sodir boʻlgan (tugʻilgan).

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi islom dini taʼlimotlari va mazkur astronomik maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda joriy yilda Ramazon hayiti 2023-yil 21-aprel juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qildi.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

𝑲𝑨𝑲𝑻𝑼𝑺 𝑲𝑨𝑳𝑩