Get Mystery Box with random crypto!

Dolzarb Ota-ona va farzand haqida.! Bugunning Achchiq Haqiqat | K A K T U S 🌵

Dolzarb
Ota-ona va farzand haqida.!
Bugunning Achchiq Haqiqati...

Dada marojniyga pul bering!
Ho‘p bo‘ladi-da bolajonim, mana olaqoling.

Dada zo‘r mashina sotayotgan ekan mana buuunday, olib bering!

Ha mayli-da, sazangiz o‘lmasin o‘g‘lim, mana borib olaqoling.

Dada bugun ko‘proq pul bering, o‘rtoqlarim bilan aylanmoqchi edik.

Ho‘p o‘g‘lim, mana…
Dada o‘qituvchimiz hammadan pul yig‘yapti, pul kerak.
Dada yangi tufliga pul bering, bunisi eskirib ketdi. Dada bugun do‘stimning tug‘ilgan kuni, sovg‘aga pul bering. Dada, bitiruv oqshomiga pul yig‘yapmiz, shunga pul bering…
Dada repetitorga pul bering.
Dada yo‘lkiraga pul bering.
  Dada shartnoma pulini ertaga to‘lash kerak ekan.
Dada bozorga tushib kiyinib chiqsammi degandim, hamma o‘rtoqlarim yaxshi kiyinib yurishadi, shunga ozroq…
Dada sessiyaga anchagina xarajat bo‘ladi, pul yuboring.
Dada pul…
Dada pul!

YILLAR O'TIB
O‘g‘lim, uyning tomidan sal chakka o‘tyapti-da, shuni qishgacha to‘g‘irlab qo‘ysak degandim. Agar imkoning bo‘lsa azgina pul kerak, -- O‘g‘lim…
Dada hozirmas, o‘zi ishlar yurishmay turibdi, buni ustiga erta-indin nabirangizni sunnat to‘yini qilishim kerak.
O‘g‘lim, un-yog'ning tagi ko‘rinib qolibdi, bir yo‘ling tushsa olib kelgin… Dada, yaqinda bozor qilib bergandim-ku!
Bir amallab turinglar, hamma pulni “oborot”ga tikib yubordim.
O‘g‘lim, onangni nok yegisi kelayotgan ekan.
Bilasan, anchadan buyon tobi yo‘q, men ko‘chaga chiqolmayman, o‘zing topib kelsang…
Dada! Qishda nok qancha turishini bilasizmi? O‘zi uchma-uch yetkazib turgan
bo‘lsam…
O‘g‘lim, doktor dorilarni ro‘yxatini yozib ketdi. Davolanmasam bo‘lmas ekan...
Dada! Nima mendan boshqa bolalaringiz yo‘qmi? Ana, akamga, opamga ayting!
O‘g‘lim, bir kelib ketsang bo‘lardi…
Nega dada? Tinchlikmi? Yo yana pul kerakmi?
Onangni janozasiga kel o‘g‘lim!


Alamli koʻz yoshlar bugib uldirib qo'yging keladi shunday farzandlarni...


Brodarlar Ota-onalarni borliklarida qadrlash kerak, ular bizni suyanchimiz, duogo'yimiz, mehribonimiz. Ba'zilarni ota-onasi bo'lsa ham qaramaydi, ba'zilar ota-onasini bir bor ko'rish, duosini olish istagida yuradi. Qaytar dunyo bu ota-onangizga qanday muomalada bo'lsangiz, farzandlaringiz kelajakda sizga ham shunaqa munosabatda bo'ladi. Nima eksang shuni o'rasan degan gap bekorga aytilmagan...


𝑲𝑨𝑲𝑻𝑼𝑺 𝑲𝑨𝑳𝑩