Get Mystery Box with random crypto!

#pikr Ba’zida ishga kirish uchun “sertifikat”ning o’zi kamlik | Kadirov | Dizayn Blog

#pikr

Ba’zida ishga kirish uchun “sertifikat”ning o’zi kamlik qiladi!

Ha shunday, hozirgi kunda sizlarni bilmadimu lekin menda eng ko’p uchraydigan holat bu kurslarni tamomlagan dizaynerlarning “ish topa olamanmi” degan qaysidir ma’noda o’rinli qo’rquvi.

-Bunday qo’rquv aslida qanday kelib chiqadi?


Yaxshi joyda o’qidi. Vazifalarni vaqtida qildi. “SERTIFIKAT” oldi. Lekin ishga kirishga kelganda ancha qiynaldi.

Ikkita holatda dizayner ish topa olmaydi:
-Portfolio “trash” dezaynerlar
-“Farosatoff” dizaynerlar

Portfolio “trash” - kurs davomidagi qilingan template ishlardan boshqa hech vaqo qilinmagan. Kurs davomidagi qilingan ishlarga berilgan feedbacklar to’g’irlanmagan. Kuzatish, o’rganish, 1x1 copy dizaynlar qilish haqida umuman o’ylab ko’rmagan. Maqsad kursni bitirdi SERTIFIKAT oldi tamom vassalom ish tayyor deb o’ylagan.

“Farosatoff” - bu turdagi dizaynerlarda xatyabi portfolio yaxshiroq bo’ladi. Ammo hayotdagi eng kerakli unsur FAROSAT dan “qisilgan” bo’ladi. Ular ish topa olishadi SERTIFIKAT va portfoliosi hisobiga ammo suhbatga chaqirilganda ularning kamchiliklari yanayam oydinroq ko’rina boshlaydi.

Birinchi navbatda ular kamroq ish(ba’zida mustasno), ko’proq oylik(maosh) talab qilishadi. Va tabiyki kursni endi tamomlagan dizaynerni bir amallab “stajyorlikka” olish niyatida bo’lgan kompaniyaga bu yoqmaydi. Va shartnoma tuzilmasdan bekor qilinadi.

Ikkinchidan esa boshida aytganimdek ularda “FAROSATOFF” bo’ladi )

-Bunday holatlarda nima qilish kerak?

Avvalo o’z ustingizda ishlang. Va bundan hech qachon to’xtamang. “Freework qilgan ishlarim samarasiz tekinga portfolioda turadi” - degan fikrlarni miyyangizdan “shift+del” qivoring. Til o’rganing - bu shunchaki aytilgan gap emas, kezi kelsa o’zbek videodarsliklari orasida chet elliklarnikini “prosta” translate qib qo’yganlar ham bor. Frilans ishlashizda ham til ayniqsa “ingliz tili” juda kerak bo’ladi.

Zero unutmang:
Dizayn - bu kreativ yechim!

@altent_lc - chet tillarini oson o’rganing :)

Telegram | Instagram | Portfolio