Get Mystery Box with random crypto!

​BCAA aminokislotalari nima uchun kerak? [x]Perfect BCAA[/x] | KACHOKLAR 💪🏻

BCAA aminokislotalari nima uchun kerak?

[x]Perfect BCAA[/x] – bu almashtirib bo‘lmaydigan 3 ta aminokislotalar (leysin, izoleysin va valin) majmuasi bo‘lib, ham vazn yo‘qotishda, ham mushaklar massasini yig‘ishda tavsiya etiladi. Mashg‘ulotlar bajarganda [x]BCAA[/x]’ning beshta ilmiy isbotlangan xususiyatlari mavjud: quruq mushak massasi kattalashishi, kuch ko‘rsatkichlari oshishi, boshqa turdagi sport ozuqalarining samaradorligi 40% ko‘tarilishi, mushaklar himoyasi (katabolizm nazorati) hamda yog‘ to‘qimalari foizining kamayishidir.



BCAA organizmning anabolizmi va tiklanish jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Antikatabolik xususiyatlarga ega bo‘lgan qo‘shimcha qon tarkibida glyukoza darajasini normal holatda ushlab turadi, qorin ochish hissini nazorat qiladi hamda mTOR mexanizmining faollashishi evaziga yog‘lar erishini ta’minlaydi va yog‘ hujayralarini nazorat qilib turadigan leptin gormonini ishlab chiqaradi.

Perfect BCAA 2:1:1 – mushak hujaylarini oziqlantiradigan, ularning qisqa muddatda tiklanishi va o‘sishini optimizatsiyalashtiradigan hamda shu yo‘l orqali mashg‘ulotlar natijasini tezlashtiradigan aminokislotalar.

Perfect BCAA 2:1:1 qo‘shimchasi ikkita – tabletka, kapsula va poroshok shaklida ishlab chiqariladi.
[x]Flavored BCAA[/x] poroshok – trenirovka paytida suv bilan qo‘shib ichiladi.
BCAA majmuasining optimal formulasi samarali tiklanish, mukashlarni asrash va chiroyli relyef gavdaga ega bo‘lishni istayotganlar uchun eng yaxshi qaror hisoblanadi!

#bcaa
#oziqlanish
#text_malumotlar