Get Mystery Box with random crypto!

IBRATLI HIKOYA Musulmonlar halifasi Horun Ar-Rashid fuqarolar | Shaxsiy kabinet

IBRATLI HIKOYA

Musulmonlar halifasi Horun Ar-Rashid fuqarolar hayotini o'rganish uchun faqirona kiyinib, mol bozorini aylanib yursa bir qassob bir qo'yning bahosini so'rabdi. Sotuvchi 20 tanga deganini eshitib qassob:
Qo'yingizning 14 kilo go'shti, 4,5 kilo yog'i bor. Buning narxi 15tanga bo'ladi - debdi va qo'yni olmay ketibdi.
Halifa navkarlaridan biriga qo'yni sotib olishni, ikkinchisiga qassobning ortidan borishni buyuribdi. Bozordan qaytgach o'sha qo'yni so'yishibdi va qassob aytganidek 14 kilo go'sht va 4,5 kilo yog' chiqqanini ko'rishibdi. Qassobni topib kelishibdi va unga yana 2 qo'chqorni ko'rsatib qncha go'sht va yog' borligini so'rashibdi. Qo'chqorlar so'yilgandan so'ng qassob aytgan yog' va go'sht chiqibdi. Halifa qoyil qolibdi va undan dunyoviy va uxroviy ilmlardan so'rabdi. Afsus, qassobning kallasi bu sohada bo'sh edi. Shunda halifa debdi: "Ey qassobzoda, nahot hayotni faqat qassobchilikda deb tushunsang? Qani senda Vatanga, xalqingga muhabbat? Nahot halol va xaromni farqiga yetmasang?" Halifa jarchi chaqirtirib e'lon qilibdi: Ushbu qassob shuncha zehni bo'la turib, yo dunyoviy, yo uxroviy ilm olmagani, halol-haromni farqiga bormagani uchun boshqalarga ibrat bo'lsin deb kelgusi juma kuni uni osdiraman." Haamma bu hukmdan rozi bo'lib uning odilligini tan olishibdi.
Ertasi kuni halifa qabuliga ikki yosh yigitcha kirib kelibdi. Halifa ularning xulq-atvorini ko'rib: farzanding bo'lsa shunday bo'lsin - deb qo'yibdi. Yigitlar halifadan gpirishga izn so'rashibdi va ruxsatdan so'ng deyishibdi: Ey shohanshoh, avvalo bizning bir qoshiq qonimizdan keching. Biz o'limga hukm qilingan qassobning o'g'illarimiz. Otamizdan so'ralgan savolni bizdan so'rasangiz. Halifa bolalarni uzoq savolga tutib, ulardagi ilm, yetuklikni sezib kuchliroq olim kishilarni chorlab, ilm majlisi o'tkazib, bolalarning zehni va ilmiga qoyil qolibdi va debdi: Sizlarga tasanno. Lekin otangizga chiqarilgan hukm hammaga ma'qul kelgan va ko'pchilikka ibratdir. Shunda qassobning katta o'g'li: "Ey muhtaram jamoa, bola loy, ota-ona kulol emasmi? Bola onadan o'g'ri, qotil yoki aldoqchi bo'lib tug'ilmaydiku. Uni tarbiyalovchi ota-ona va tashqi muhitdir. Otamizga chiqarilgan hukmni unga emas uning otasiga chiqarish kerak edi. Otamiz o'zi ilmsiz bo'lsa ham bizni shunchalik ilmli, ma'rifatli bo'lishimizga sharoit yaratdi. Otamiz tahsinga loyiqdir" - dedi. Halifa uzoq sukut saqladi va dedi: "Ey vazir, sen endi istefoga chiq. Shu bola menga vazir bo'lsin. Ey jallod, qassobni olib kel va ustiga zarbof to'n yop. Bu elga ibrat bo'lsin. Chunki bizning kelajagimiz — farzandlarimiz. Bola tarbiyalashdagi oliyjanobligi uchun qassob shunga loyiqdir. Qassobning otasi tirik bo'lsa olib keling. O'lgan bo'lsa go'ri ustiga 30 darra uring. Chunki shu qassob ham yoshligida o'ta iste'dodli bo'lgan. Otasi esa unga qassobchilikdan boshqa narsani o'rgatmagan."

Dunyoviy va uxroviy ilm izlamoq tug'ilgandan to lahadga borguncha farz. Bizning ham go'rimizga darra tushishidan Alloh asrasin

@kab1netim