Get Mystery Box with random crypto!

#kitob Magistratura bitiruvchilari bakalavriatning 1-bosqich t | Shaxsiy kabinet

#kitob
Magistratura bitiruvchilari bakalavriatning 1-bosqich talabalari bilan badiiy asarlar haqida suhbat oʻtkazishibdi. Talablardan joriy oʻqiyotgan kitoblari haqida soʻrashibdi. Ayrim talabalar bugungi kundagi 'best-seller' kitoblarini oʻqiyotganini aytishgan. Bu tanlovga bitiruvchilardan biri talabalarda kitob tanlash 'didi' hali shakllanmaganini aytib, ular hozirda eng mashhur boʻlgan kitoblarga uchmay kontenti boy, oldinroq chop etilgan birlarini oʻqishlari kerakligi tavsiya berilgan. Va eng qiziq tomoni shundaki, aksariyat 'best-seller'lar diniy mavzuda ekanligi sabab yosh qizlarning hijobga qiziqishi ortayotgani aytilgan..!
...
Nimanidir angladingizmi?!
Demak, biz dinimizga talpinmay, aksincha, undan yiroqlashganimiz g'alati emasmi!
Kitob tanlovi, avvalo, har kimning oʻz xohishiga koʻra amalga oshiriladi.
Ikkinchidan, dindan uzoq qiluvchi, koʻngilni qattiq qiladigan kitoblar, nafaqat kitoblar, balki har qanday omil halol ekanligida shubha bor va yoki harom.
Uchinchidan, Alloh bandalarining amallariga hech ham qarab qolgan emas, ularning oʻzlari talpinsa, Alloh ham koʻproq hidoyat qiladi.

P/s: Oʻqiyotgan kitoblaringizga, tinglayotgan musiqangizga, koʻrayotgan videoroliklaringizga eʼtiborli boʻlingki, qalb judayam ehtiyot qilinmasa, uni tez qora bosadi, qattiqlashadi.(Ha, aytgancha, faqat diniy kitob oʻqish kerak degan fikrda emasman, chegarani bilib oling, shunisi yetarli.)

Olamga optimizm bilan boqishda davom etamiz, azizlar

@alpinistisoptimistic