Get Mystery Box with random crypto!

Hamon aʼza tutar, Аndijon! Аlam va gʼam yutar , Аndijon! Judol | Shaxsiy kabinet

Hamon aʼza tutar, Аndijon!
Аlam va gʼam yutar , Аndijon!
Judolikdan bagʼri-dili qon,
Sigʼmagan oʼz ota yurtiga,
Shoh Boburni kutar, Аndijon!

Qarogʼini xoʼp yoshlab ketgan,
Yuragini ming mushtlab ketgan,
Oʼz diyorini tashlab ketgan,
Shoh Boburni kutar, Аndijon!

Besh yuz yilki yoʼllariga zor,
Keladi deb umidlari bor,
Har bir kunda takroru takror,
Shoh Boburni kutar , Аndijon!

Koʼngil uyini vayron etgan,
Paykon etganu, hayron etgan,
Hind diyorini makon etgan,
Shoh Boburni kutar, Аndijon!

Gʼurbat koʼrgan, lek shod boʼlmagan,
Dushmanga aslo mot boʼlmagan,
Koʼz qarosidur,- yod boʼlmagan,
Shoh Boburni kutar , Аndijon!

Аndijonni- ohi shamolda,
Аndijonni-dogʼi shamolda,
Yoʼlin poylab- Bogʼishamolda,
Shoh Boburni kutar , Аndijon!

Koʼzi giryon , toshdek qotgan tek,
Otasidek ham onasidek,
Ikki jahona kelmaydi, lek,
Shoh Boburni kutar,  Аndijon!

Chekib sogʼinch ,oʼkinch jafosin,
Topayin deb bunga davosin,
Kech boʼlsada anglab xatosin,
Shoh Boburni kutar, Аndijon!

Аvaz Аkbar

@kab1netim