Get Mystery Box with random crypto!

#hikoya CHIN MUHABBAT Yigit mototsiklni katta tezlik | Shaxsiy kabinet

#hikoya


CHIN MUHABBAT

Yigit mototsiklni katta tezlikda boshqarib ketyapti.
Qiz:
— Iltimos, men qo'rqyapman, to'xtating!
Yigit:
— Yo'q, axir bu nihoyatda zavqli-ku.
Qiz:
— Men zavqli tomonini ko'rmayapman. Iltimos, sal sekinlating!
Yigit:
— Ayt, meni sevasanmi?
Qiz:
— Ha, sizni sevaman! Endi to'xtating!
Yigit:
— Endi meni qattiq quchib ol va ko'zlaringni yum!
Qiz yigitning aytganini qildi. Biroz vaqt o'tgach, yigit yana qizga so'z qotdi:
— Boshimdagini yechib, o'zing kiyib ol! U menga xalaqit qilyapti...
Ertasi kuni gazetalarda maqola paydo bo'ldi:
Boshqaruvni yo'qotgan mototsikl to'rt qavatli bino yonida halokatga uchradi. Bu baxtsiz hodisa tufayli mototsikldagi ikki kishidan biri omon qoldi.
Voqea bunday bo'lgandi: Yarim yo'lda yigit mototsikl tormozi ishdan chiqqanini fahmladi. U sevgilisiga bildirmay, so'nggi marta uni sevishini aytishini va qattiqroq quchishini iltimos qildi. O'z hayoti evaziga qizni o`limdan asrab qolish uchun boshidagi temir kaskani kiyishga majburladi
.

Haqiqiy sevgi shunday bo'ladi!!!