Get Mystery Box with random crypto!

k_Hayitaliyev (shaxsiy blog)

Telegram kanalining logotibi k_hayitaliyev01 — k_Hayitaliyev (shaxsiy blog) K
Telegram kanalining logotibi k_hayitaliyev01 — k_Hayitaliyev (shaxsiy blog)
Kanal manzili: @k_hayitaliyev01
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12
Kanalning ta’rifi

Kanal silkasi:https://t.me/k_Hayitaliyev01
Kanal yaratildi:20.11.2022.

Ratings & Reviews

1.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-12-08 07:18:17 Alloh taolo Zumar surasida marhamat qiladi:
"Albatta, Alloh yolgʻonchi va kofir kimsalarni xidoyat qilmas". (3-oyat)

Shayx Muxammad Sodiq Muxammad Yusuf
Yolgʻon

https://t.me/k_Hayitaliyev01
15 viewsk_Hayitaliyev, edited  04:18
Ochish/sharhlash
2022-12-05 06:14:34 Qayerlarda qor yoʻgʻmoqda?

https://t.me/k_Hayitaliyev01
19 viewsk_Hayitaliyev, edited  03:14
Ochish/sharhlash
2022-12-05 06:14:18 Assalomu alaykum barchaga dushanba tongi muborak boʻlsin. Bugun ob-havo holati ancha yaxshi. Chunki bugun biz oʻsha sogʻingan, intiqlik bilan kutayotgan sal boʻlmasa esimizdan ham chiqib ketayotgan qor yoʻgʻmoqda. Barchani qor yoqqani bilan tabriklayman.

https://t.me/k_Hayitaliyev01
19 viewsk_Hayitaliyev, edited  03:14
Ochish/sharhlash
2022-12-02 21:47:45 Boy va darvesh

Boshyalang va oyoqyalang bir piyoda musofir Xijoz karvoni bilan Kufadan kelib, bizga qoʻshildi. Uning xech narsasi yoʻq edi, lekin viqor bilan qadam tashlab derdi,
Xachir minib bormayman
na tuyada yukim bor,
Na sultonning quliman,
Na qullarga Shaxriyor.
Dunyoda xech qaygʻum yoʻq,
Dilim qoʻrquvdan ozod,
Xotirjam man bus-butun,
Koʻnglim esa doim shod.
Tuya mingan boylardan biri unga dedi:
-Ey darvesh, qayoqqa borasan, yoʻl ogʻir, yoʻl mashaqqatiga bardosh bera olmay oʻlib ketasan, qayt orqangga.
Darvesh uning gapiga quloq solmay, yoʻlida davom etaverdi. Karvonimiz Naxlai Maxmudga yetganida boyagi tuya mingan boy olamdan oʻtdi. Darvesh uning oʻligi tepasiga kelib dedi:
-Men piyoda yurish mashaqqatidan oʻlmadimu, sen nor tuyada yurish roxatidan oʻlding!
Bir kishi kasal uzra tun boʻyi yigʻladi zor,
Tongda yigʻlagan oʻldi,
Sogʻayib turdi bemor.

Ibrat maktabi (muallifini topa olmadim)
Xikoyat va rivoyatlar olami

https://t.me/k_Hayitaliyev01
20 viewsk_Hayitaliyev, edited  18:47
Ochish/sharhlash
2022-12-02 19:10:35 Oʻgʻrilik va gʻiybat

Bir kishi:
-Gʻiybatdan oʻgʻrilik afzal dedi,
Xayron boʻlib soʻradilar:
-Oʻgʻrilikda nima fazilat borki, uni gʻiybatdan yaxshi deding?
-Oʻgʻri-ku kuch va xiyla ishlatib, jasorat koʻrsatib, xech boʻlmasa qornini toʻygʻazadi. Gʻiybatchi esa xech narsa orttirmaydi -- faqat oʻzining sharmanda boʻlgani qoladi.

Ibrat maktabi (muallifini topa olmadim)
Xikoyat va rivoyatlar olami

https://t.me/k_Hayitaliyev01
23 viewsk_Hayitaliyev, edited  16:10
Ochish/sharhlash
2022-12-02 07:56:49 Qiyshiq oyna

Bir ayol Suqrotga dedi:
-Qanchalar xunuksan-a?
Suqrot pinagini buzmay javob qildi:
-Qiyshiq oyna toʻgʻri narsani ham qingʻir qilib koʻrsatadi.

Abulfaraj
Xikmatlar va Xikoyatlar

https://t.me/k_Hayitaliyev01
20 viewsk_Hayitaliyev, 04:56
Ochish/sharhlash
2022-12-02 07:47:32 Sovuq borgan sari kuchayar. Gʻoziyon zindonining azob-uqubati, qiynoq va dod-faryoddan iborat oddiy ish kunlari davom etar, qon xidi anqigan xujralardan oʻlim sharpasi kelardi.

Joʻra Fozil
Gʻoziyon zindoni

https://t.me/k_Hayitaliyev01
18 viewsk_Hayitaliyev, 04:47
Ochish/sharhlash
2022-12-01 20:07:44 Oddiy odamning merosi

Bir Xorazmlik kishi nafaqaga chiqqandan keyin bekor yotgandan bekor ishla tarzida oʻzi Xorazmda koʻrgan, bazan suxbatlarida boʻlgan shoir, sanʼatkorlar haqida oʻz fikr-xotiralarini boʻsh vaqtlarida yozib boraveribdi. Umrining soʻnggi kunlarida farzandlarini chaqirib:
-Bolalarim, anavi odam qanday boʻlgan, mana bunisi qanday qilib yashagan, deb soʻrardinglar.
Qoʻlimdan kelgancha boʻsh vaqtlarimda mana shu narsalarni yozib qoʻydim, oʻqib chiqarsizlar, deb oʻgillariga qoldiribdi.
Oddiy bir odamning qoldirgan bu merosi ikki oʻgʻliga doktorlik(ilmiy) darajasini olishi uchun yetarli boʻlgan ekan.

Ibrat maktabi (muallifini topa olmadim)
Xikoyat va rivoyatlar olami

https://t.me/k_Hayitaliyev01
18 viewsk_Hayitaliyev, 17:07
Ochish/sharhlash
2022-12-01 13:18:26 Yer sinmaydi-ku

Diogendan soʻrabdilar:
- Mana sen, boʻchka ichida yashaysan. Bordi-yu u sinib qolsa nima qilasan?
- Shu xam tashvishmi, axir boʻchka ostidagi yer sinmaydi-ku?!

Abulfaraj
Xikmatlar va Xikoyatlar

https://t.me/k_Hayitaliyev01
18 viewsk_Hayitaliyev, 10:18
Ochish/sharhlash