Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘ | Жамшид Ходжаев

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorgi Kengesining navbatdan tashqari 34-sessiyasida ishtirok etmoqda.

Qoraqalpog‘istonda ta’limni rivojlantirish va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflaridan kelib chiqib, Prezidentimiz mutasaddilarga:

Qoraqalpog‘istondagi yosh tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga imtiyozli shartlarda ssudalar ajratishni yo‘lga qo‘yish;

bo‘sh turgan davlat ob’yektlarida yoshlar va xotin-qizlarni xorijiy tillar hamda IT sohasiga o‘qitish kurslarini tashkil etish imkoniyatini yaratish, ushbu ob’yektlarni tadbirkorlarga 5 yilgacha bepul foydalanishga berish;

Qo‘ng‘irot, Nukus va Chimboy tumanlarida 4 ta “Ishga marhamat” mono-markazlarini tashkil etish;

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun mamlakatimizdagi barcha oliygohlarga alohida 6,5 mingta qabul kvotalari joriy etish;

Qoraqalpog‘istondagi ehtiyojdan kelib chiqib, ekologiya, qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya, qurilish sohalarida tayanch doktoranturada qo‘shimcha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yishga topshiriq berdi.

@alisher_sadullaev