Get Mystery Box with random crypto!

JWA

Telegram kanalining logotibi jwauz — JWA J
Telegram kanalining logotibi jwauz — JWA
Kanal manzili: @jwauz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 22
Kanalning ta’rifi

Assalomu aleykum!
Kanalda adminning shaxsiy qarashlari, firklari, mulohazalari berib boriladi.
Moddiy manfaat olish maqsadida yuritilmaydi!
Aloqa: @jwauzbot

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-12-25 06:05:16
Source: https://youtube.com/shorts/CF4eOCg_8ZY?feature=share

@jwauz
132 views03:05
Ochish/sharhlash
2021-12-24 20:20:03
2-kurs paytimiz online dars o'tilishiga qaramasdan bir ustozimiz hammamizning mehrimizni qozongandi. Birozdan keyin esa Qo'qon universitetiga (xususiy universitet) rektor bo'lib tayinlangandi. Yaqinda shu universitet tomonidan yangi kitob chiqarilibdi. Valijon To'raqulov maqtaganiga qaraganda yaxshiga o'xshaydi.

Aytmoqchi bo'lganim, ta'limda xusisiy sektorning roli juda katta. Mana shunday jonkuyar ustozlarni o'zlariga jalb qilishadi. Nimadir yangilik kiritishga intilishaveradi.

Ustozimizning ismi Sherzod Mustafaqulov edi.

@jwauz
122 viewsedited  17:20
Ochish/sharhlash
2021-12-24 20:12:09 Kanalimiz a'zolarining biridan kelgan ajoyib fikr:

Ustozlarimiz aytadiki, musulmon kishi avval oʻz eʼtiqodini yaxshi bilishi kerak. Buning uchun hech boʻlmasa bitta aqiydaga oid kitobni oʻqib oʻrganishi shart, albatta, ustoz bilan. Shuningdek, kundalik hayotida kerak boʻladigan fiqhni ham bilishi zarur. Masalan, tahorat, namoz, roʻza, ota-ona bilan muomala, agar savdogar boʻlsa, oldi-sotdi masalalarini ham. Albatta, bir ustoz bilan oʻrgansin.

Badiiy kitob oʻqishni qoʻllab-quvvatlaymiz, ammo yuqoridagi ilmlarni beparvo tashlab qoʻyib, badiiy adabiyotga shoʻngʻib ketish ayni johillik boʻladi. Alloh barchamizni yaxshilikka isloh qilsin.

@jwauz
105 viewsedited  17:12
Ochish/sharhlash
2021-12-24 07:40:57 Sabab va oqibatni bog'lab ilmiy ish qiladiganlar ko'p hollarda bog'liqligi mavjud bo'lmagan hissiy tuyg'ularni unutishib qo'yadi. Balansni bir xilda ushlab turish uchun aqlga ozuqa berish bilan bir qatorda qalb (ruh) ham ozuqalanib turishi lozim. Qalbning ozuqasi adabiyotda.

Badiiy kitoblarni har doim o'qib (eshitib) boring.

"G'oyalarning paydo bo'lishi ilmiy kitoblardan ko'ra ko'proq badiiy kitoblardandir. Chunki, adabiyotda ruh (ilhomlanish) bor" - Qobiljon Isayev

@jwauz
104 viewsedited  04:40
Ochish/sharhlash
2021-12-24 07:38:39 #Шеърият

Рўмол ярашади муслима қизга

Бугунги кунда иффатлари учун атрофларидан азият чекаётган муслима сингилларим ва опаларимизга бағишладим. Иффатли аёлларимизнинг маънан обрўларини химоялашдан ҳеч қачон тўхтамаймиз!

@umarhalil
101 views04:38
Ochish/sharhlash
2021-12-20 20:23:31 Takror, takror va yana takror eshitadigan suhbat bo'libdi

Manba:



@jwauz
138 views17:23
Ochish/sharhlash
2021-12-20 17:16:12 Mutolaa — oʻzlikni anglash muolajasi. Bu jarayon toʻxtovsiz davom etsagina kutilgan natija berishi mumkin...

Mubashshir Ahmad

@jwauz
132 views14:16
Ochish/sharhlash
2021-12-20 17:12:42 #Baxt

Ota juma namozini ado etib uyiga keldi. Mehribon otani eshik oldida 18 yoshli qoriya qizi qarshi oldi. Otaning ko‘zi quvonchga to‘lib, mehri jo‘shib ketdi. "Kel, qizim! Kel qizim!" deya qizini bag‘riga olib, rafiqasini chaqira boshladi:
– Onasi, hoy onasi!
– Labbay! - degan ovoz eshitildi oshxonadan.
– Mana mani qizim! Kimda bor shunaqa qiz?..))
– Mening otamda bor! - dedi ona hozirjavoblik bilan.
Hammalari baravariga kulib yuborishdi. 
Ha, uning rafiqasi ham qoriya edi... 

@kitob_nuri
122 views14:12
Ochish/sharhlash
2021-12-19 23:12:57...Ranj Hoddas bobo judayam to'g'ri aytgan ekanlar: "Bolalar iqtidorli bo'linglar, iqtidorli. Omadning o'zi esa ketinglardan quvib yuradi."

"3 savdoyi" filmi shu so'zlar bilan tugaydi. Hindlar mana shu kinoni zo'r ishlashganda.

@jwauz
114 views20:12
Ochish/sharhlash
2021-12-19 20:01:43
Meni tabriklamang yangi yil bilan

@alamiy_uz
95 views17:01
Ochish/sharhlash