Get Mystery Box with random crypto!

#qiziq Qutb yog‘dusi qanday hosil bo‘ladi? Ilm-fan rivojlanm | ☻My notes🍁

#qiziq

Qutb yog‘dusi qanday hosil bo‘ladi?

Ilm-fan rivojlanmagan paytda bu holat turlicha talqin qilingan: o‘liklar dunyosining tiriklarga berayotgan xabari, epidemiya va urushlar boshlanishidan avval tabiatning insoniyatga beradigan ogohlantirishi va hokazo...

Ammo qutb yog‘dusi – yomg‘ir, tuman, qor singari tabiat hodisalaridan biri bo‘lib, tabiat kuchlarining muayyan harakati asosida sodir bo‘ladi

Quyoshdan kelgan plazma (erkin elektronlar va protonlar) Yerning magnitosfera qatlamiga urilganida, ular magnit yoylari bo‘ylab Yerning qutblari tomonga harakatlanadi. Qutblarda magnit yoylar atmosferaga juda yaqin joylashgani uchun Quyosh zarrachalari atmosferadagi kislorod, azot va boshqa gazlarga uriladi. To‘qnashuvlar natijasida gaz atomlaridan katta miqdordagi energiya yorug‘lik ko‘rinishida otilib chiqadi. Umumiy tasvirda esa biz bilgan go‘zal va qo‘rqinchli shimol yog‘dulari hosil bo‘ladi.

Qutb yog‘dusining rangi nimaga bog‘liq?

Yorqinlikning yashil va qizil rangi kislorod tarkibiga bog‘liq. Qizil porlash 200 km dan yuqori balandliklarda hosil bo‘ladi, bu yerda gazning zichligi pastroq bo‘ladi. Yashil porlash 100 km balandlikda hosil bo‘ladi, bu yerda gazning zichligi yuqori bo‘ladi.

Pushti rang - qizil va yashilning aralashishi natijasidir. Binafsha rang ham paydo bo‘lishi mumkin - 100 km va undan past balandlikda quyosh shamoli azot molekulalarini «urganda» hosil bo‘ladi.