Get Mystery Box with random crypto!

Adashmasam ohirgi marta 7-8yoshimda akam huddi shunday chanada | Sunflower's world

Adashmasam ohirgi marta 7-8yoshimda akam huddi shunday chanada meni aylantirgandi. Butun mahallani kezib chiqib shomga yaqin uyga qaytgandik. Kelib pechka yoniga o‘tirib qo‘lqoplarimizni qurutardik. Keyin kechqurun yana opamni ham qo‘shib olib qorli urush o‘yinini o‘ynardik. Qorli o‘qlarni oldindan tayyorlab baland devor qilib olardikda, keyin o‘yin boshlandi, deyilganda hammamiz bir birimizga otardik.

Akam qordan qasr yasab bergani ham esimda. Ichiga faqat men sig‘ardim...
Mazza paytlar edida.