Get Mystery Box with random crypto!

Garri navbatchilik qilyotgan mahal ko'ziga oq urg'ochi bug'u k | •𝗕𝗥𝗜𝗢 | 𝓙𝓾𝓼𝓽

Garri navbatchilik qilyotgan mahal ko'ziga oq urg'ochi bug'u ko'rindi va uning ortidan yurdi, bug'u uni Griffindor qilichi yashiringan joyga olib bordi. Qilich muz tagida edi. Garri bir amallab muzning tagiga tushib, qilichni oldi va nimadir uning bo'ynini qisayotganini his etdi, bu medalyon edi, keyin esa hushidan ketdi. Uyg'onganida yerda yotardi yonida esa Ron bor edi, Ron ikkalasi qilich yordamida 4-ruhdonni yo'q qilishdi. Garri Germionani xursand qilish uchun Ron bilan uning yoniga bordi, qiz esa zahrini sochdi. Ron qanday kelib qoldi? Degan savol bersangiz, javob tayyor, unga Damldorning delmiyunatori shu'la taratib yo'l karsatib turdi. Germiona Dambldor tashlab ketgan ertak kitobdagi bir shaklga ko'zi tushdi va uni Garriga ko'rsatdi, Garri ham xuddi shu shaklni qayerda ko'rganligini esladi, Lunaning otasining bo'ynidagi tumor aynan shu shaklda edi. Ular Lunalarnikiga borishga qaror qilishdi. Lunaning otasi ularga ajal tuhfalari haqida aytib berdi( yengilmas tayoqcha, tiriltiruvchi tosh va ko'rinmas yopinchiq), u bu haqida aytar ekan tinmasdan derazaga qarab qo'yardi. Buning sababi keyinroq ma'lum bo'ldi, Lunani O'limdan zavqlanuvchilar olib ketishgan va evaziga Garrini so'rashgan ekan, hayriyatki, ular qochishga ulgurishdi. Bir kuni ular suhbatida Garri Voldemort so'zini ishlatib yubordi va tilsim o'z-o'zidan parchalanib, ularni ovchilar Malfoylar xonadoniga olib ketishdi. Griffindor qilichini ko'rgan Belatriksning fig'oni falakka chiqdi. Hammasini yerto'laga qamashni buyurdi, faqat Germionani o'zi bilan olib qoldi. Qizdan haqiqatni bilish uchun uni rosa qiynadi. Ron esa Germiona deb baqirgancha qoldi. Germiona qilichning soxtaligini aytdi, Belatriks yerto'ladan goblinni olib chiqishni buyurdi, chunki faqat Goblinlargina qilichning haqiqiy yoki haqiqiy emasligini bilishar edi. Drako goblinni yerto'ladan olib chiqdi. Shu vaqtda Garri Sirius bergan oyna bo'lgidan foylanib ko'rmoqchi bo'ldi. Ko'zini yumdi-da: "O'tinaman yordam ber",-dedi. Shisha bo'lagida Dambldorning ko'ziga o'xshash ko'z paydo bo'ldi va yo'qoldi. Birozdan so'ng xonada Dobbi paydo bo'ldi. Garri Dobbiga Luna, Din va janob Olliverni Billarning uyiga olib borishni buyurdi. Dobbi esa hammasining qo'lidan tutib ko'zdan g'oyib bo'ldi, albatta, bu shovqinsiz kechmadi. Nima bo'lganini bilish uchun pastga tushgan Pettigryuni Garri bilan Ron bir yoqlik qilishdi va o'zlari tepaga chiqishdi. Garri endi qarg'ish o'qimoqchi bo'lib turganda Belatriks to'xtashini va to'xtamasa qizni o'ldirishini buyurdi. Garri va Ron to'xtadi, endi tayoqchalarini tushirishga shaylanoyotganda bizning qahramon Dobbi paydo bo'ldi va qandilni uzdi qandil Belatriksning ustiga tushdi, vaqtdan foydalanib qolgan Garri Malfoy va Belatriksning tayoqchalarini olib qo'ydi va Dobbining qo'lidan tutdi, ularni Billarning uyiga o'tkazyotganda Dobbiga Belatriksning xanjari kelib tegdi, shunaga qaramasdan Dobbi Garri Potter va uning do'stlarini Billarning xonadoniga olib o'tishga erishdi, ming afsuski, o'zi halok bo'ldi....

Davomi bor...