Get Mystery Box with random crypto!

#ТерДу #юридик #Bilasizmi Jabrlanuvchi - jinoyat oqibatida | Huquqiy ma'lumot

#ТерДу #юридик
#Bilasizmi

Jabrlanuvchi - jinoyat oqibatida yoxud aqli noraso shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishi natijasida maʼnaviy, jismoniy yoki mulkiy zarar koʻrgan shaxs.

Maʼnaviy zarar fuqaroning ornomusi va insoniy qadr-qimmatini toptashda, uni boshqa fuqarolar oldida kamsitishda, jamoatchilik oldida obroʻini tushirishda va badnom qilishda ifodalanadi.

  Jismoniy zarar — fuqaroning badaniga shikast va sog'lig'iga putur yetkazish, jismoniy azob va ogʻriqlarga duchor qilish,

Mulkiy zarar — shaxsiy mulkni g'ayriqonuniy ravishda olish, unga shikast yetkazish yoki mulkka egalik qilish huquqini buzish demakdir.

Fuqaroni jabrlanuvchi deb topish haqida surishtiruvchi, tergovchi va prokuror — qaror, sud esa — ajrim chiqaradi. Agar jabrlanuvchi  voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan boʻlsa, ishda uning qonuniy vakili ishtirok etadi.

Jabrlanuvchining oʻlimi bilan tugagan jinoyat ishlarida jabrlanuvchining huquqlari qonunga binoan yaqin qarindoshlariga oʻtadi.