Get Mystery Box with random crypto!

Ayol buyum emas, ayolni urish, o’ldirish vahshiylik! Buni hech | Marjona Jurakulova 🇺🇿

Ayol buyum emas, ayolni urish, o’ldirish vahshiylik! Buni hech nima bilan oqlab bo’lmaydi. Rafiqasiga qo’l ko’targan, tajovuz qilganlar qonun oldida javob berishi shart!

➥ Bu qo’shiq va klip erkak ijodkorlar tomonidan yaratilgan, iste’dodli qizlar uni ijro etishgan, klipda ham bir-biridan iqtidorli, salohiyatli ayol-qizlar suratga tushishgan.

Ilohim bu qizlar va dunyodagi har bir qiz ilmli, iymonli, mehribon, mard insonlar bilan baxtli bo’lishsin!

Ertaga kim bor, kim yo’q,
Omonatdir axir jon.
Qadringni sez hoziroq,
Hozir yoki hech qachon!

Ozori yo’q hayotni
Kutaman har on, hamon.
Qayirmangiz qanotni,
Uchsin orzular tomon.

Qalbingda yongan uchqun
Qolmasin so’nib, sarson.
Vaqtni boy berma bugun -
Hozir yoki hech qachon!

Maqsading bo’lsin ulug’,
Qadam tashla u tomon,
Ishga kirish hoziroq,
Yo hozir, yo hech qachon!

Qo’shiq ijrochilari:
• Mushtariy Zafar;
• Farangis Rahimberdiyeva;
• Muyassar Dauletbayeva;
• Durdona Shodmonova.

Ijodiy guruh:
• Ulug'bek Ismatov;
• Suvonkulovpro;
• MPMG.

«Qizlar ovozi»

@dkattakhanova