Get Mystery Box with random crypto!

SOTUVNING ENG MUHIM BO'LGAN QISMI NIMA? Buni bilishingiz juda | Jumanazar Khushbakov

SOTUVNING ENG MUHIM BO'LGAN QISMI NIMA?

Buni bilishingiz juda ham muhim...

Chunki, mana shu narsani bilmasangiz, sotuvchilaringiz sotuvlarini rivojlantira olmaydilar. Agar o'zingiz sotuvchi bo'lsangiz, mana shu bosqichsiz sotuvlaringizni rivojlantira olmaysiz.

Men juda ko'p kuchli sotuvchilarni ko'rganman va ular bunga katta e'tibor qaratadilar. Bu...

Xaridorlar bilan munosabat o'rnatish va do'stlashish.

Bu sotuvda juda muhim va asosiy jarayon hisoblansa ham, ko'pchilik 99% sotuvchi va biznes egalari bunga jiddiy e'tibor bermaydilar.

Har bir xaridor mahsulotni sotib olishdan ko'ra sotuvchi bilan do'st bo'lib qolishni ko'proq xohlashadi...

Sizni o'zingizda shunday holat bo'lganmi?

Aytaylik, siz gilam sotib olyapsiz yoki bozorda biror nima sotib olyapsiz...

Sizga faqat o'z mahsulotini sotishga harakat qilgan odamdan sotib olasizmi yoki siz bilan do'stlashishga harakat qilgan odamdan-mi?

Nima demoqchi ekanligimni tushundingiz, deb o'ylayman! Ya`ni...

Sotuvning eng oliy, eng muhim bo'lgan qismi, yana ta'kidlayman, bu - do'stlashish!

Xaridoringiz sizdan sotib olmasa sotib olmasin, lekin bor e'tiboringiz bilan do'stlashishni birinchi o'ringa qo'yishingiz kerak.

"Zeppo" kompaniyasini o'rganish natijasida quyidagicha xulosaga kelingan:

Kompaniyadagi sotuvchilar har kuni qo'ng'iroq qilgan odam bilan juda ham chuqur suhbatlashadi va ular bilan do'stlashadi.

Kompaniyada sotuvchilarning ham dunyo bo'ylab do'stlari bor va qachonki yangi mahsulotlari chiqsa, xaridorlarga qo'ng'iroq qilgan paytda osongina sotishadi.

Siz ham xaridorlar bilan do'stlashishga harakat qiling. Agar sizning maqsadingiz do'stlashish bo'lsa, sotuv o'z o'zidan bo'laveradi.

@jumanazar_khushbakov

Instagram I Tik Tok I Youtube