Get Mystery Box with random crypto!

#Tayinlov Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bil | 𝙅𝙪𝙢𝙖𝙗𝙤𝙯𝙤𝙧𝙡𝙞𝙠𝙡𝙖𝙧

#Tayinlov

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining buyrug‘i bilan Quvondiq Safarovich Yarashev Samarqand davlat universitetining Urgut filiali direktori lavozimiga tayinlandi.

Quvondiq Yarashev 1975-yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 2003-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.

Geografiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi doirasida Rossiya Federatsiyasining Moskva davlat universitetida ilmiy izlanishlar olib borgan.

Shu kunga qadar, Samarqand davlat universitetining geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube