Get Mystery Box with random crypto!

Dzyudochi qizlarimiz o’quv-yig’in mashg’ulotlarini Toshkentda | Judo Uz

Dzyudochi qizlarimiz o’quv-yig’in mashg’ulotlarini Toshkentda davom ettirishadi!

Bosh murabbiy Nellya Kiyamova hamda murabbiylar Muqaddas Kubeyeva va Rafkat Izmaylov boshchiligidagi yoshlar bo’yicha O’zbekiston qizlar terma jamoasi o’quv-yig’in mashg’ulotlarini yakunlashdi. Toshkent viloyatining tog’ yon-bag’rlarida olib borilgan yig’indan so’ng, endi vakillarimiz oldindan belgilangan reja asosida so'nggi tayyorgarlikni O’zbekiston dzyudo federatsiyasi qoshidagi zalda davom ettirishadi.

Aytish kerak, dzyudochilarimiz oldinda kutilayotgan Osiyo kubogi hamda Portugaliya mezbonligida o’tadigan yoshlar o’rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko’rishmoqda.

O’zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!

Obuna bo'ling:
@judouz