Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekiston dzyudo federatsiyasi mamlakatimizda klublar tashki | Judo Uz

O'zbekiston dzyudo federatsiyasi mamlakatimizda klublar tashkil qilishni maqsad qildi!

O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi raisi o’rinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Komilov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari O’zbekistonda dzyudo klublarini tashkil qilish masalasini ko’rib chiqishdi. Yig’ilishda O’zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi o’rinbosari Zafar Qahramonov, Sport direktori Marko Shpitka, jamoa menejeri Eldor Qahhorov va boshqalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda dzyudo klublarini joriy qilish masalasi ko’rib chiqildi. Shu asosda yangi rejalar ishlab chiqildi. Unga ko’ra, endilikda Respublikamizning barcha hududida dzyudo klublari ochilishi va bu orqali mazkur sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni tarbiyalab chiqarish ko’zda tutilgan. Klublar o’rtasida turli musobaqalar tashkil etish ham maqsad qilinmoqda.

O'zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati!

Obuna bo'ling:
@judouz