Get Mystery Box with random crypto!

May oyining eng yaxshi dzyudochisini aniqlaymiz! O`zbekiston | Judo Uz

May oyining eng yaxshi dzyudochisini aniqlaymiz!

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi may oyining eng yaxshi dzyudochisini aniqlash maqsadida so`rov o`tkazadi. Yakuniga yetib borayotgan oyda terma jamoamiz Qatar davlatida o`tkazilgan jahon chempionatida ishtirok etib, tarixda ilk bor 4 ta medalga ega chiqdi.

Siz ovozingizni o`zingiz ma`qul topgan dzyudochiga berishingiz mumkin. Ovoz berish jarayoni 31 may kuni soat 20:00da to`xtatiladi.

Kumush medal sohiblari

-52 kg: Diyora Keldiyorova
-60 kg: Dilshodbek Baratov

Bronza medal sohiblari

-73 kg: Murodjon Yo‘ldoshev
+100 kg: Alisher Yusupov

BIZ UCHUN ULARNING HAMMASI ZO`R!!!

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati