Get Mystery Box with random crypto!

Federatsiya ishchi guruhi vodiyda bo‘ldi O‘zbekiston dzyudo f | Judo Uz

Federatsiya ishchi guruhi vodiyda bo‘ldi

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi qoshida tuzilgan maxsus ishchi guruh Namangan, Farg`ona va Andijon viloyatlarida xizmat safarida bo‘ldi.

Bundan ko‘zlangan maqsad Bolalar uchun dzyudo hamda maktabgacha dzyudo loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish. Alisher Arziqulov va Farruh Egamberdiyev O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tomonidan qurib foydalanishga topshirilgan ixtisoslashtirilgan dzyudo zallarida bo‘lishdi. Shuningdek, umumta’lim maktabi hamda maktabgacha ta’lim muassasalarining mavjud sport zallari holatini ko‘zdan kechirilib, dzyudo bilan shug‘ullanish imkoniyatlari o‘rganildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 iyundagi “Dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-286-son qarorida kadrlar tayyorlash, murabbiylar malakasini oshirish, ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlar borasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari bilan bir qatorda dzyudoni maktabgacha ta’lim muassasalaridayoq bolajonlarga o‘rgatish vazifalari belgilab qo‘yilgan. Ishchi guruh Qarorning ayni shu bandi ijrosini ta`minlashga e`tibor qaratgan.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram