Get Mystery Box with random crypto!

Chirchiqda O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlari o‘rtasida do‘st | Judo Uz

Chirchiqda O‘zbekiston va Qozog‘iston yoshlari o‘rtasida do‘stona uchrashuv o‘tkazildi

Poytaxt viloyatining Chirchiq shahrida yosh dzyudochilar uchun xalqaro mashg‘ulot tashkil etildi.

Unda yurtimizning yosh dzyudochilaridan tashqari qo‘shni Qozog‘istondan kelgan sportchilar ham qatnashishdi. Asosiy e’tibor kurashga qaratildi. Bellashuvlarga bevosita tajribali murabbiy va hakam Server Muradasilov boshchilik qildi.

Mashg‘ulot va bellashuvlar yakunida o‘z vazn toifalarida boshqalardan ajralib turgan dzyudochilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Обуна бўлинг Telegram