Get Mystery Box with random crypto!

Nukus mezbonlik qiladigan O‘zbekiston Kubogiga tayyorgarlik mu | Judo Uz

Nukus mezbonlik qiladigan O‘zbekiston Kubogiga tayyorgarlik muhokama qilindi

27-31 may kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi bellashuvlari o‘tkaziladi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasida o‘tgan yig‘ilishda bo‘lajak mamlakat kubogiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Federatsiya raisi o‘rinbosari Zafar Qahramonov boshchiligida o‘tgan tadbirda musobaqaga olib borilayotgan tayyorgarlik, delegatsiyalarni kutib olish va joylashtirish, Kubok bahslari boshlanishidan oldidan hakamlar uchun tashkil etiladigan seminar hamda boshqa tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishda bevosita ishtirok etgan Qoraqalpog‘iston dzyudo federatsiyasi raisi Atabek Ismailov shu masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumot berdi.

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram