Get Mystery Box with random crypto!

Jahon chempionatining ikkinchi kuni Sardor, Sita va Diyoraga m | Judo Uz

Jahon chempionatining ikkinchi kuni Sardor, Sita va Diyoraga muxlislik qilamiz

Bugun poytaxtimizdagi muhtasham "Humo Arena" saroyida ot`kazilayotgan dzyudo bo`yicha kattalar o`rtasidagi 35-jahon chempionatining ikkinchi kuni.

Umumiy mukofot jamg`armasi bir million yevroni tashkil qiluvchi dunyo birinchiligining ikkinchi kuni -52 (ayollar) hamda -66 kg vazn toifalarida g`olib va sovrindorlar nomi ma`lum bo`ladi.

Bugungi bellashuvlarda hamyurtlarimizdan Diyora Keldiyorova, Sita Kadambayeva (-52 kg) va Sardor Nurillayev (-66 kg) medallar hamda qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi.

Dzyudochilarimiz uchun qur`a natijasi:

-52 kg: Diyora Keldiyorova -
Sumiya Iraoui (Marokash)

-52 kg: Sita Kadambayeva - Yoana Diogo (Portugaliya)

-66 kg: Sardor Nurillayev - Bogdan Yadov (Ukraina)

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram