Get Mystery Box with random crypto!

Ilk kun Yaponiyaga ataldi Shubhasiz, poytaxtimiz mezbonligi | Judo Uz

Ilk kun Yaponiyaga ataldi

Shubhasiz, poytaxtimiz mezbonligida o`tayotgan 35-jahon chempionatining birinchi kun qahramonlari dzyudo vatani vakillari bo`lishdi.

Olimpiada chempioni Naoxisa Takato faoliyatida to`rtinchi bor jahon chempionatining oltin medalini qo`lga kiritdi. Ayollar o`rtasida esa Natsumi Sunoda sharafiga Yaponiya davlat madhiyasi yangradi.

Bugungi kun qahramonlari

Erkaklar. -60 kg vazn toifasi:

1. Naoxisa Takato (Yaponiya)
2. Ariunbold Enxtayvan (Moʻgʻuliston)
3. Yeldos Smetov (Qozogʻiston)
3. Yang Vei Yang (Xitoy Taipeyi)

Ayollar, -48 kg vazn toifasi:

1. Natsumi Sunoda (Yaponiya)
2. Katarina Mayns (Germaniya)
3. Abiba Abujakinova (Qozogʻiston)
3. Assunta Skutto (Italiya)

O`zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram