Get Mystery Box with random crypto!

Saudiya Arabistoni va Kanada terma jamoalari ham Toshkentga y | Judo Uz

Saudiya Arabistoni va Kanada terma jamoalari ham Toshkentga yetib keldi

Toshkent shahri mezbonligida o‘tadigan 35-jahon chempionati ishtirokchilarining yurtimizga tashrifi davom etmoqda.

Kecha tunda Saudiya Arabistoni va Kanada terma jamoalari delegatsiyalari ham poytaxtimizga yetib keldi. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida saudiyaliklar delegatsiyasi yosh dzyudochilar hamda tashkiliy qo‘mita vakillari tomonidan kutib olindi. Dunyo birinchiligida Saudiya Arabistoni sharafini birgina dzyudochi Hamad Sulaymon (-73 kg) himoya qiladi.

Kanada terma jamoasi tarkibi

Erkaklar:
Artur Margelidon (-73 kg), Fransua Gauter (-81 kg), Kayl Reyes, Shadi Elxanas (ikkisi ham -100 kg), Mark Deshenes (+100 kg).

Ayollar: Kelli Deguchi (-52 kg), Krista Deguchi, Jessika Klimkayt (ikkisi ham -57 kg), Katerin Pinar (-63 kg).

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati

Обуна бўлинг
Telegram