Get Mystery Box with random crypto!

Bir millatning uyg'onishi... «Oq nilufarlar yurtida» Finlandi | Juda Achchiq | Rasmiy 18

Bir millatning uyg'onishi...

«Oq nilufarlar yurtida» Finlandiyaning qurilishi va botqoqliklar o'lkasidan oq nilufarlar o'lkasiga aylangani haqidagi kitob. Grigoriy Petrov asar muallifi, Finlandiyaga uyushtirgan ko'plab sayohatlarida fin xalqining milliy uyg'onishini mana shu kitobda aks ettirgan. Asarda ta'lim eng yuqori o'ringa qo'yilgan, fin xalqining boyligi ham mana shu hammaga birdek beriladigan yuqori darajadagi ta'lim deyiladi. Eng qizig'i kitobni faqat asar muallifining fikrlari bilan kifoyalanib qolmay, ingliz tilidan tarjima qilgan insonning ham fikrlari bilan birga o'qiysiz. O'zbekiston ta'limidagi kamchiliklar, ularning yechimlariga Finlandiyaning shu paytgacha bosib o'tgan yo'li bemalol o'rnak bo'la oladi.

O'tgan yili avgust oyi shu kitobning reklamasini ko'rib qoldim, qiziqdim, lekin o'sha yili ko'p narsa o'zgardi hayotimda, mutolaa uchun vaqt bo'lmadi esdan ham chiqib qolgandi. Ammo yaqinda, bir yaqin insonim bilan kitob mavzusida gaplashib qoldik, tavsiyalar, fikrlar almashdik, mana shu oddiy suhbat yetarli bo'ldi. Endi bu kitobni sovg'a sifatida mana shu insonga jo'natib yuboraman.
P.s: shunaqa gaplar, kitob haqida qisqa yozdim negaki mengacha allaqachon eng yaxshilarini yozib bo'lishgan. Shunchaki agar iloji bo'lsa siz ham o'qing va o'qiting )))

@Juda_Achchiq Yanada zo'rlari