Get Mystery Box with random crypto!

I-chorak davomida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan i | RMMM Jarqo‘rg‘on tumani

I-chorak davomida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan Sherobod tumanida yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli qarori ijrosi bo‘yicha hamda I-chorak davomida ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan ishlar tahlili yuzasidan Sherobod tumanida yig‘ilish o‘tkazildi.

Sherobod tuman Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limining majlislar zalida o‘tkazilgan ushbu yig‘ilishni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva olib bordi.

Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi xodimlari hamda tuman (shahar) bo‘linma rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva tomonidan tashkilot, idora, korxonalar hamda ta’lim tashkilotlarida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlar holatini monitoring qilish hamda ularda “Ma’rifat soatlari”ni o‘tilishini nazorat qilish, hududlarning ijtimoiy-ma’naviy muhit holati monitoringini “mahalla — tuman — viloyat” asosida olib borish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023-yilda Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha mo‘ljallangan “YO‘L XARITA”sining ijrosi o‘z vaqtida, sifatli tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida I-chorak davomida faol ishtirok etgan hududiy bo‘linma rahbarlariga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Rahmatullayeva tomonidan sertifikatlar topshirildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi Axborot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting:
www.manaviyat.uz|Facebook|Telegram|Instagram|Youtube