Get Mystery Box with random crypto!

#Jarayon #Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi #Surxondar | RMMM Jarqo‘rg‘on tumani

#Jarayon
#Respublika_Maʼnaviyat_va_maʼrifat_markazi
#Surxondaryo_viloyat_boʻlimi

MAHALLADA MA'NAVIYAT KUTUBXONASI TASHKIL ETILDI

Aholida kitobxonlik madaniyatini oshirish, yosh avlodni mutolaaga bo‘lgan mehrini yuksaltirish maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi va tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan Sariosiyo tumani Sharg‘un shahridagi “Feruz” mahallasida “Ma’naviyat kutubxonasi” tashkil etildi.
Ushbu kutubxonaga o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat 500 dona kitoblar jamlanmasi topshirildi.
“Ma‘rifat ulashib” aksiyasi doirasida tashkil etilgan tadbirda aholi vakillari, yoshlar, ijodkorlar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida Sharg‘un shahridagi 5-sonli ingliz tili fanini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabiga ham nodir adabiyotlar topshirildi.

Batafsil: https://telegra.ph/MAHALLADA-MANAVIYAT-KUTUBXONASI-TASHKIL-ETILDI-02-24-2

Bizni kuzatib boring:
https://t.me/+_f0776X-dadlYTAy