Get Mystery Box with random crypto!

Onlayn kursmi oflayn kursmi ? Ko'pchilik so'rar edi, onlayn k | Josh*Developer

Onlayn kursmi oflayn kursmi ?

Ko'pchilik so'rar edi, onlayn kurslardan dasturlashni o'rganish kerakmi yoki oflayn borib o'rganaymi ustoz bilan deb.

Mening javobim:
- Agar sizda intizom rivojlangan bo'lsa va yo'nalishingizni aniq qilib olgan bo'lsangiz, bemalol onlayn kurslarni olsangiz va o'qisangiz bo'ladi. Eng tezi shu. O'zingizni boshqarib, birhil tempda o'rgana olsangiz albatta. Unday bo'lmasachi ? Unday bo'lmasa o'zingizga mentor topib ham onlayn o'rgansangiz bo'ladi. Ya'ni u sizga yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib turadi. Darsingizni topshirib turasiz. Chalg'ib ketishlar uncha kuzatilmaydi shunda.

- Agar imkoniyatingiz oflayn darslarga yetsa, vaqtingiz ham yetsa, oflayn darslar ham juda foydali va samarali. Ustoz bilan birgalikda, yonma-yon do'stlar bilan birga o'rganishga nima yetsin. Ammo sekinroq bo'lishi mumkin. So'ng ham qiynalasiz, chunki kurslar butun umr bo'lmaydi. Baribir onlayn o'rganishga to'g'ri keladi. Shunda qiynalib qolishingiz mumkin. Oflayn kurslarni yosh yoki intizomi kamroq insonlarga qattiq maslahat beraman. Adashib ketish ham kam kuzatiladi bunday kurslarda.

Xulosa shuki, o'zingizga qaysi biri mos tuyulsa va shunda o'zingizni erkin tuta olsangiz, shuni tanlashni maslahat beraman.
Shaxsan o'zim boshlashga oflaynda boshlab, so'ngra onlayn o'zim o'rganishga o'tganman. Mentorim bo'lmagani sabab ko'p adashganimni ham ta'kidlashim kerak. Vaqt ham yutqazganman shu sabab. Ammo aniq maqsadli paytim 6 oylik narsani 1-2 oyda bemalol o'zim onlayn o'rgana olishim borligi ham bor.

Qaror o'zingizdan.

@JoshDeveloper