Get Mystery Box with random crypto!

JOrifjonov_Blog

Telegram kanalining logotibi jorifjonov_blog — JOrifjonov_Blog J
Telegram kanalining logotibi jorifjonov_blog — JOrifjonov_Blog
Kanal manzili: @jorifjonov_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-12-28 12:59:50 His-tuyg‘ular va munosabatlar ko‘z-ko‘z qilinmasligi kerak.
12 views09:59
Ochish/sharhlash
2022-12-28 08:47:53 Hech bo‘lmasa bahorgacha yangi kitob sotib olmasam ham bo‘ladi. O‘qilmagan kitoblarim ham 5-6 ta bo‘lib qolibdi. Quyida hozircha o‘qilmagan, 2023-yil boshlarida o‘qish rejalashtirilgan kitoblarim ro‘yxati:

1. Mamlakatlar tanazzuli sabablari.
(Daron Ajemoglu, James Robinson)

2. Ibtido.
(Den Braun)

3. Factfulness.
(Hans Rosling)

4. Gap qahvada emas.
(Xovard Bexar)

5. Sarmoyador.
(Teodor Drayzer)

6. Iblislar (II qism)
(Fyodr Dostoevskiy)

7. Qayiqdagi uchovlon.
(Jerom Klapka Jerom)

va bir necha biznes va psixologiyaga oid kitoblar.

@JOrifjonov_Blog
13 views05:47
Ochish/sharhlash
2022-12-28 06:35:54 Javohirbek | Blog pinned «Bu esa 2022-yil davomida o‘qigan kitoblarim ro‘yxati: 1. Ajib yangi dunyo. (Oldos Haksli) 2. Biz. (Yevgeniy Zamyatin) 3. Gruziya muvaffaqqiyatga qanday erishdi? (Larisa Burakova) 4. Iblislar. (Fyodr Dostoevskiy) 5. Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat…»
03:35
Ochish/sharhlash
2022-12-28 06:34:52 Bu esa 2022-yil davomida o‘qigan kitoblarim ro‘yxati:

1. Ajib yangi dunyo.
(Oldos Haksli)
2. Biz.
(Yevgeniy Zamyatin)
3. Gruziya muvaffaqqiyatga qanday erishdi?
(Larisa Burakova)
4. Iblislar.
(Fyodr Dostoevskiy)
5. Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari.
(Kel Nyuport)
6. Eljernonga atalgan gullar.
(Deniel Kiz)
7. Molxona.
(Jorj Oruell)
8. Qo‘rqma.
(Javlon Jovliyev)
9. Anna Frank kundaligi.
(Anna Frank)
10. Uzbechka yoxud snayper qiz haqida qissa.
(Baxtiyor Abdug‘afur)
11. Farengeyt bo‘yicha 451 daraja.
(Rey Bredberi)
12. Stiv Jobs.
(Uolter Ayzekson)
13. So‘na.
(Etel Lilian Voynich)
14. Yosh vrach kundaligi.
(Mixail Bulgakov)
15. Javdarzordagi haloskor.
(Jerom Selinjer)
16. 1984.
(Jorj Oruell)
17. 1985.
(Entoni Byorjess)

@JOrifjonov_Blog
18 views03:34
Ochish/sharhlash
2022-12-28 06:33:31 Assalomu alaykum.
2022-yilda 50 ta kitob o‘qishni niyat qilgandim. Oxirigacha o‘qimaganlarimni hisobga olmaganda 17 ta kitob o‘qib tugatibman. Mo‘ljallaganimdan ancha kam kitob o‘qigan bo‘lsam ham 2021-yilga nisbatan ko‘proq va salmoqliroq o‘qidim.
Eng muhimi, kitob o‘qishni kundalik mashg‘ulotga aylantira oldim.
Kitoblarimning yarmidan ko‘pi Asaxiy Books loyihasi doirasida o‘zbek tiliga tarjima qilingan va chop etilgan asarlar hisoblanadi. 2022-yilda asosan ko‘pchilik tomonidan e'tirof etilgan va bestsellerga aylangan kitoblarni o‘qidim.
2023-yilda yanada ko‘proq va muntazam kitob o‘qiyman.
Endi 50 ta emas, 100 ta kitob o‘qimoqchiman.

@JOrifjonov_Blog
13 views03:33
Ochish/sharhlash
2022-12-28 05:03:32 ​​#taqriz #tavsiya

"So‘na" ~ Etel Lilian Voynich

Siz kimgadir qattiq ishonasiz, unga (So‘naning ta'biri bilan aytganda) Xudoga ishongandek ishonasiz. Ammo u inson sizni aldab kelayotganini bilib qolsangiz, qalbingiz parcha-parcha bo‘ladi.
Bizning So'na (Artur) bolaligidan Padre tomonidan aldanib kelinayotganidan boxabar bo'lib, hamma narsani tashlab ketadi. Padre kim? So'naning otasi edi! Qandayin chirkin yolg'on a? Yillar davomida "Men sening otangman" deyolmagan.

Asar XIX asr voqea-hodisalarini keng qamrovda yoritib berolgan. O'sha davr kishilarini kitobxon ko'z oldiga yaxshigina gavdalantirilgan. Kitob 1897 yilda yozilgan, Italiya xalq ozodlik harakatiga bag‘ishlangan va yozuvchiga xalqaro shuhrat keltirgan. Romanda o‘sha davrlardagi inqilobiy kurash to‘lqonli tasvirlanadi.

So'na. Nima uchun So'na? Sababi Appenina tog'laridagi kontrabandistlar Arturga achchiq tili uchun "So'na" laqabini berishgan. Bu nomi bilan gazetadagi maqola, pamflet va satiralari ostiga imzo chekadi.

So'naning boshiga tushgan qiyinchiliklari deymizmi, yoki bo'lmasam hayotidagi insonlarning unga qilgan munosabatlari natijasida hech kimni yaqin ko'rmay qo'yadi. Asli otasi ekanligini yashirgan Montanelli, So'naga qarshi guvohlik bergan Jemma, bular So'naning hayotida katta o'zgarishlarga sabab bo'lgan. Asarda shunday dialog bor:
"-Do'stlaringiz yo'qmidi?
-Do'stlarim? - u Jemma tomonga o'girilib qaltirab turib gapirdi: - Mening hech vaqt do'stim bo'lgan emas..."

Vaqtlar davomida poymol qilingan ishonch, izhorsiz muhabbat va diniy qarashlaridagi ikkilanishlar So'nani qattiq azoblaydi. Yillar qahrini toshdanda qattiqlashtirib yuborgan. Juda agressiv holda ko'z oldimda gavdalandi. Uning ko'nglini vayron qilganlarni kechirolmadi. Asar davomida Jemma bilan, Montanelli bilan necha bor to'qnash keldi. Ammo biror marta Artur ekanligini ochiqlamadi. Qachonki, asar so'nggiga qadar bu sirligacha qoldi.

Bizning Arturni yillar ulg'aytirgan...

Ota va o'g'il o'rtasidagi munosabatlar, undagi ziddiyatlarni So'na va Montanelli obrazlarida ko'rishimiz mumkin. Ularning munosabatlari juda ziddiyatli tasvirlangan.

"Arqon qildi, o'zini osmoqchi bo'ldi, chunki cherkov xizmatidagilardan biri aldoqchi bo'lib chiqdi. Go'yo ularning hammasi rostgo'ydek!" So'na xuddi shu joydan boshlab, cherkovga nisbatan qattiq nafrat bilan qaraydigan bo'ldi. Buni asar oxirigacha ko'rishimiz mumkin.

Artur So'na bo'lgunga qadar anchagina yo'llar va yillarni bosib o'tdi. Qo'lidan nima ish kelsa, hammasini qildi. Eng ta'sirlantirgan joyi sirkda soxta bukri obrazida gavdalanishi, atrofidagilar uni har ko'yga solsa-da, indamay jim turib bergan sahnasini, hattoki So'na Jemmaga aytib berganda ham chuqur iztirobli holatda edi.

"So‘na" "Happy end!" bo'lib tugamaydigan asarlardan biri. Asar so'nggi o'quvchini mahzun qiluvchi xususiyatga ega.
So'na yashab yasholmaydi, o'lib o'lolmaydi... Kitobning oxirgi 100 sahifasini iztirobsiz o'qib bo'lmaydi:((

Asarni o'qishingizni qattiq istab qolaman ~

#iqtibos
"Hammamizning ham qadr-qimmatimiz u yo bu tariqada oyoqosti qilib kelinadi.."

Mirahmedova
@Mirahmedovas_blog
10 views02:03
Ochish/sharhlash
2022-12-21 19:17:42 #Iqtibos

Hammamizning ham qadr-qimmatimiz u yo bu tariqada oyoq osti qilib kelinadi.

#Book18_2022: So‘na

@JOrifjonov_Blog
21 viewsedited  16:17
Ochish/sharhlash
2022-12-11 17:45:34 #Book_review
#Book25_2022: 1985 (Entoni Byorjess)

Asarning bunday nomlanishi Jorj Oruellning 1984 romaniga ishora bo‘lib, muallif asarning birinchi – publitsistik qismida Oruellning 1984 romanini tahlil qilib, uning bashoratlarining amalga oshish ehtimoli qay darajada ekanligini tahlil qiladi. Ikkinchi qismida esa o‘zi tasavvur qilgan kelajakni tasvirlaydi. Roman nom jihatidan 1984 ga o‘xshash bo‘lgani bilan tamomila farq qiladi. Quyida asarning ikkinchi qismi haqida fikr-mulohazalarim yozilgan.

Biz jamiyatga o‘zimiz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq bog‘lanib qolganmiz. Jamiyat siz va menga o‘xshagan oddiy odamlardan iborat va ularning har biri o‘zi bajaradigan ishlari bilan jamiyatga naf keltiradi. Jamiyatda biz uchun ahamiyatsizdek tuyulgan istalgan kasb egalari o‘z ishini qisqa muddatga bajarmay qo‘ysa, sezilarli oqibatlarga olib keladi. Haydovchilar, shifokorlar, o‘qituvchilar, sartaroshlar, novvoylar, ko‘cha tozalovchilarsiz bir hafta ham yashay olmasak kerak.

Roman mana shunday voqealar bilan boshlanadi. Asar bosh qahramoni Bevning xotini davolanayotgan kasalxonada yong‘in kelib chiqadi. O‘t o‘chiruvchilar esa maoshlarini oshirishni talab qilib, ish tashlashgan. Bev xotinining kuyib-pishgan tanasini ko‘rishga ulguradi xolos. Bev qandolat fabrikasida ishlardi, uning hamkasblari ham ish tashlashgan, ish tashlashni qo‘llab-quvvatlamagan Bev o‘zi xohlasa ham ishlay olmaydi. Chunki, fabrika ham ish faoliyatini to‘xtatgan. Chorasiz qolgan Bev aqli zaif qizi Bessini qizlar maktabiga joylaydi, o‘zi esa ko‘chadagi o‘g‘ri-talonchilar safiga qo‘shiladi. Ular esa sobiq kutubxonachi, o‘qituvchi kabi ziyolilardan iborat edi. Taqdir-taqozosi bilan Bev ham do‘kondan o‘g‘rilik qilishiga to‘g‘ri keladi va qo‘lga tushadi. Uni 1984 dagi Uinstonni "qayta tarbiyalash"gani kabi "Reabilitatsiya kursi"ga yuborishadi. Kurs muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Bev katta haq to‘lanadigan "Ozod britaniyaliklar" harbiy tashkilotiga a'zo bo‘ladi (keyinchalik ma'lum bo‘lishicha tashkilot arablar tomonidan moliyalashtiriladi).
Lekin, menimcha, u adashgan edi...
~ ~ ~ ~ ~ ~
#Iqtibos
Biror bir shaxs nima bo‘lishidan qat'iy nazar o‘z ishidan bo‘yin tovlashi mumkin emas. Har qanday sharoitda ham. Aynan ishlashga tayyorlik insonni inson qiladi.
~ ~ ~ ~ ~ ~
Kitobni nom jihatidan tanlab olgandim. Lekin, unchalik yoqmagan ba'zi jihatlari bor. Misol uchun, mamlakatda mavjud siyosiy beqarorlik sharoitida harbiy tashkilotni moliyalashtirish orqali hukumatni qo‘lga olish uchun aynan arablar ko‘rsatilishi yoqmadi. Muallif 1985 orqali Britaniyani islomiy davlatga aylanishidan xavotir oladi.
Bundan tashqari Bevning 13 yoshli aqli zaif qizi Bessini qonunan 4 ta xotini bo‘lgan arabga joriya sifatida berilishi haddan tashqari bo‘rttirib ko‘rsatilgan.

Nashriyot: Zabarjad Media
Toshkent — 2021
Hajmi: 352 bet

@JOrifjonov_Blog
96 views14:45
Ochish/sharhlash
2022-12-11 16:24:22 Bu yili ko‘proq bestseller hisoblangan, marketing yaxshi olib borilgan, ko‘pchilikning diqqat-e'tiborida bo‘lgan kitoblar o‘qidim. Kelayotgan 2023-yilda esa ko‘proq klassik adabiyotlardan o‘qimoqchiman.

@JOrifjonov_Blog
55 views13:24
Ochish/sharhlash
2022-12-10 10:59:11
Аёлларни ва қизларни товарга айлантираётган рекламачиларни, иш биржаларини ва консалтинг фирмаларини инсофга чақираман!

Улар буюм эмас-ки, яхши пул топадиган куёв учун сотиб юборилса. Бундай тарғибот усулларидан узоқлашинг!
46 views07:59
Ochish/sharhlash