Get Mystery Box with random crypto!

“YOSH KITOBXON” MUNOSIBLARNI SARALAMOQDA Kogon tumanidagi “ | Jondor tuman maktabgacha ta'lim boʻlimi (Rasmiy kanal)

“YOSH KITOBXON” MUNOSIBLARNI SARALAMOQDA

Kogon tumanidagi “Taraqqiyot” mahalla markazida “Yosh kitobxon” tanlovining 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasi boʼyicha tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Unda saralash bosqichidan yuqori natijalarni qoʼlga kiritgan 10 nafar ishtirokchi “Badiiy asarlar bilimdoni va “Tezkor savol-javob” shartlari asosida oʼzaro bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 10-14 yosh va 15-19 toifalarida 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari Mohinur Islomova va Ruxsora Tolibovalar g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

20-30 yosh toifasida kechgan bellashuvlarda esa g‘oliblik 1-IDUM o‘qituvchisi Fazliddin Hasanovga nasib etdi.

Endilikda ular “Yosh kitobxon” tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etadilar.

buxorovxtb