Get Mystery Box with random crypto!

#yaxshi_kayfiyat Hurmatli MMTV (respublika, viloyat, shaha | O'qituvchilar | Ўқитувчилар

#yaxshi_kayfiyat

Hurmatli MMTV (respublika, viloyat, shahar, tuman) xodimlariga! Bilamiz, Siz yaqinda ishga tayinlandingiz, kuch-g‘ayratga to‘lib turibsiz, rahbariyat oldida ish ko‘rsatmoqchisiz. Lekin hozirgi kunda maktabda faqat qorovul qolgan, boshqalar bir yildan beri ishlab endi ta’tilga chiqqan. Endi shu 56 kunlik ta’tilning hech bo‘lmasa 30 kunida jadval, topshiriqlarni sal yig‘ishtirib turing. Biz ham odamga o‘xshab dam olaylik. May oyida maktab rahbarlari ish haqi oshishi kerak edi, uniyam yo‘qqa chiqardinglar. Ta’til puliniku aytmasa bo‘ladi. Endi hech bo‘lmasa ta’til vaqtida tinch qo‘yinglar. Bog‘chalar bilan ishlab turing bir oy.

P.S. Tinmasdan jadval, topshiriq yuborayotganlarga tashab qo‘yamiz). Albatta xazil

https://t.me/jonajon_ustozlar_kanali