Get Mystery Box with random crypto!

2025 yil 1 sentabrga qadar barcha maktablarga nazorat kamerala | O'qituvchilar | Ўқитувчилар

2025 yil 1 sentabrga qadar barcha maktablarga nazorat kameralari o'rnatilib, biometrik identifikasiya tizimi joriy qilinadi

Umumiy o'rta ta'lim muassasalari hududining xavfsizligini ta'minlash, o'quvchilar davomatini doimiy ravishda monitoring qilish maqsadida «Xavfsiz maktab» tizimi joriy qilinadi. Bu haqda «2022–2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dastur»da nazarda tutilgan.

Dastlab umumiy o'rta ta'lim muassasalariga «Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida nazorat kameralari va biometrik identifikasiya tizimlarini o'rnatish bilan bog'liq moliyalashtirish manbalari aniqlanadi.

2024 yil 1 yanvarga qadar «Xavfsiz maktab» loyihasi kamida 130 ta umumiy o'rta ta'lim muassasasida joriy etiladi.

2025 yil 1 sentabrga qadar «Xavfsiz maktab» loyihasi bosqichma-bosqich barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy etiladi.

https://t.me/jonajon_ustozlar_kanali