Get Mystery Box with random crypto!

Assalomu alaykum, xayrli tong hammaga. Kanalga obuna bo‘lganin | Joe | Matematika

Assalomu alaykum, xayrli tong hammaga.
Kanalga obuna bo‘lganingiz uchun rahmat. Bir kundayoq buncha odam yig‘iladi deb o‘ylamagandim.
Bizni umumiy qiziqishimiz birlashtirdi.
Umid qilamanki, bu kanal barchamizga birdek foydali bo‘ladi.

O‘zim haqimda qisqacha:
Ism-familiyam Javohirbek Orifjonov.
Farg‘ona davlat universitetini bakalavr bosqichini bitirdim.

Elementar matematika kursini umumiy takrorlash maqsadida yaqin do‘stim tavsiyasiga asosan Abituriyent gazetasida chop etilgan mavzulashtirilgan testlar to‘plamini sotib oldim. Shu kitobni to‘liq yechib chiqmoqchiman.

Kanal har kuni aktiv bo‘ladi deb oldindan va'da bera olmayman. Kanal borasida aniq rejalarim ham yo‘q. Balki keyinchalik sizlarda ham muammoli bo‘lgan masalalarni birgalikda tahlil qilarmiz.
Hozircha kanalimizdan uzoqlashmang.

Ha, yana bir narsa:
Kanal havolasini do‘stlaringizga ham ulashing. Kanal barcha uchun foydali bo‘lishiga harakat qilaman.
Kuningiz mazmunli o‘tsin
@Joe_Matematika