Get Mystery Box with random crypto!

Bitta joyda 84 yil ishlagan rekordchi haqida bilasizmi? Ayn | Jobo.uz

Bitta joyda 84 yil ishlagan rekordchi haqida bilasizmi?

Ayni vaqtda faoliyat olib borayotgan ish joyingizni yaxshi ko‘rasizmi? Juda soz! Endi esa oradan 10, 20, 30 yil o‘tgandan keyin ham xuddi shu kompaniyada ishlayotganingizni tasavvur qilib ko‘ring!  Bitta joyda haddan tashqari uzoq ishlash imkonsiz desangiz, xato qilasiz. Fikringizni Ginness rekordchilari ham rad etishadi! 

Braziliyalik Uolter Ortmann bitta joyda eng uzoq ishlagan odam sifatida Ginness rekordlari kitobiga kiritilgan. Ayni vaqtda 100 yoshni qarshilagan otaxon sevimli kompaniyasida roppa-rosa 84 yil ishlagan.

Eng qizig‘i, Ginness rekordchisi ish faoliyatini haligacha davom ettirib keladi. Qoyil qolmasdan iloji yo‘q!

Siz ham shunday rekord o‘rnata olgan bo‘larmidingiz? Ayni vaqtdagi ish joyingizda qanchadan beri faoliyat yuritib kelasiz?

Rasmiy sayt | Instagram | Telegram | Facebook