Get Mystery Box with random crypto!

JM Blog | Koinotdaman...

Telegram kanalining logotibi jmedia — JM Blog | Koinotdaman... J
Telegram kanalining logotibi jmedia — JM Blog | Koinotdaman...
Kanal manzili: @jmedia
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 631
Kanalning ta’rifi

📺 MY5 telekanali rasmiy sahifalaridan biri.
🧑‍🚀 Siz oʻz koinotida parvoz qilib yurgan kosmonavtning kundaligini topib oldingiz.
🚀 Birga uchishni istasangiz, kettik...
👤 Muallif kim ekanligi muhim emas, asosiysi fikrlarning mazmuni.

Ratings & Reviews

1.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-05-02 03:15:33
30 kunlik sabr sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, ulugʻ ayyom Ramazon hayitiga yetib kelganingiz bilan qutlayman!

Eng ezgu tilaklaringiz roʻyobini chin dildan tilab qolaman.

Keyingi yilda ham tabriklash nasib etsin Sizni.

#jmediagroup #jmedia
1.8K views00:15
Ochish/sharhlash
2022-04-30 19:56:37 “Oltin qalam”da ko‘p ovoz to‘plash uchun xaker bo‘lish shart emas…

Aslida bu postni kecha joylashim kerak edi, lekin “Qo‘y, shu kerakmi…”, -deb chetga surgandim, bugun Qalampir.uzʼda ovozlarni «nakrutka» qilayotganlar haqida yaxshi bir material chiqibdi. Men ham "enter"ni bosvoraqoldim.

Haqiqatdan ham, videoda keltirilgan (Cookieʼni tozalash usuli) yo‘l orqali jurnalistlar to‘plagan ovozlarni sunʼiy ravishda oshirib o‘tirish mumkin. Bundan tashqari, https://golospobed.ru va https://nakrutkagolosovaniy.ru kabi saytlarga pulini to‘lab, kimga ovoz berishni aytsangiz, botlarni o‘zi sizning o‘rningizga hammasini bajaradi. Yoki https://back.ju.technocorp.uz/.../jaloliddin.../rate kabi manzilingizni topib, biroz kod yozgan holda APIga OPTIONSni o‘zgartirib «zapros» berib qo‘yishingiz ham mumkin. Xullas, yo‘llari bor…

Nima demoqchiman? Internetda ovoz berish yo‘li hech qachon haqqoniy bo‘lmaydi. Buni OltinKabutar.uzʼdagi ovoz berish jarayonida ham biz jurnalistlar ko‘rganmiz. Hozir kim ko‘p, pulini bersa «schotchik»ni aylantirib beradigan «aytishnik» ko‘p. Ovoz berilishga qo‘yilibdi, degan kuniyoq “Haqqoniylik left the group”, -degandim.

O‘zingiz bir https://jurnalistlar.uz/competit.../oltin-qalam/vote/2022... saytiga kirib ko‘ring. Minglab ovoz olganlar bor. Baʼzi jurnalistlarni ko‘plab taniqli OAV vakillari ham tanishmayapti. Bu tabiiy hol albatta, ammo, oddiy misol, do‘stim Amirxon Umarov o‘zining yuz minglab obunachisi bo‘lgan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga ovoz berishga chorlov joylaganining o‘zida atigi 300-400 ta odam o‘tdi. Odamlar saytga kirib, ro‘yxatdan uni topib, amallab ovoz berishini inobatga olsak, bu ancha ishonarli raqamlar, aslida. Lekin 3-4-5, 10 minglab ovozlarmasda-a-a o‘rtoqlar. Men o‘zim ham, deyarli 100K bo‘lgan sahifalarimda “Ovoz bervoringlar”, deganimda amallab 400 ta odamdan yulduzcha to‘play oldim xolos. «nakrutka» qilishni bilaman, muammo yo‘q. Lekin, stop! Soxta obro‘ bilan o‘zimni aldab nima qilaman?! Tanlov nomzodlari orasida ovozi mendanam kamroq bo‘lsada, TOP-10 talikda turgan baʼzilardanam kuchliroq ijod qilganlar talaygina (Amirxonning “Ochiqchasiga gaplashamiz”i, Nurzod Voxidov shular jumlasidan). Ular olsa haqqoniylik uchun suyunishim aniq.

To‘g‘ri, uyushmaga ustozimiz Olimjon O'sarov kelganlaridan keyin ancha katta o‘zgarishlar bo‘ldi, rivojlanmoqda. Men ular rahbarlikka tayinlangan kuniyoq buni bilgandim va kutgandim. Bu yili ilk marotaba nomzodlarning maʼlumotlari shaffof joylanayotganining o‘zi katta natija. Ishonaman, saytdagi ovozlarga hakamlar aldanib qolishmaydi va soxta raqamlar 4-may kuni katta sahnaga ko‘tariladigan g‘oliblarga uncha katta taʼsir o‘tkazmaydi. Yana bilmadim…

Nima bo‘lganda ham «upgrade» bo‘lgan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasiga va ustoz - Olimjon O'sarovga o‘zbek jurnalistikasini yangi bosqichga olib chiqishlari yo‘lida zafarlar tilayman.

JM BLOG Shu atrofdaman...
23.4K viewsedited  16:56
Ochish/sharhlash
2022-04-28 21:14:59
Бугун ўқиган энг мазмунли постим шу бўлди, сизларга ҳам илингим келди:

Математика қоидаси. Бирлашиб юксалиш — юксалиб бирлашишдан аълодир!

Бизни кузатиб боринг
Youtube | Facebook | Telegram | Instagram
1.3K views18:14
Ochish/sharhlash
2022-04-27 08:29:36
Qoraqalpog‘istonlik talaba serial g‘oyasi evaziga $2000 yutib oldi!

2021-yilning dekabr oyida Janubiy Koreyaning “VisionMaster” kompaniyasi va O‘zbekistondagi “Biz TV” onlayn teleradiokanali yosh va professional ssenariy mualliflari o‘rtasida ko‘p qismli televizion serial g‘oyasi uchun tanlov eʼlon qilgandi.

Tanlovga 15 dan ortiq turli xil sinopsislar kelib tushdi va koreyaliklarning eʼtirofiga ko‘ra “Ko‘prik” nomli televizion serial sinopsisi bilan tanlovda ishtirok etgan Qoraqalpoq Davlat Universiteti 2-bosqich talabasi Shomurodova Zilola Kallibek qizi g‘olib deb topildi!

Kuni kecha tanlov g‘olibasiga $2000 miqdoridagi mukofot puli topshirildi. Demak, tez kunda qoraqalpog‘istonlik talaba qiz g‘oyasi asosida koreyaliklar bilan hamkorlikdagi yangi ijod mahsulini "Biz TV"da ko‘ramiz.

Tanlovda ishtirok etgan barchaga hamkorlik uchun o‘z minnatdorligimizni izhor etib, keyingi ishlarida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

#biztv #biztvuz #tanlov
Telegram | YouTube | Instagram | Facebook
1.1K views05:29
Ochish/sharhlash
2022-04-25 16:38:16
DEİK A’ZOLARI VA O’ZBEKISTON OAV VAKILLARI ISHTIROKIDA TANISHUV-IFTORLIK MAROSIMI TASHKIL ETILDI

DEİK (
Tashqi iqtisodiy aloqalar muassasasi) aʼzolari 22-aprel, juma kuni Oʻzbekiston poytaxti Toshkentda iftorlik dasturxonida ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan uchrashdi. DEİK tomonidan Turkiya va O’zbekiston o’rtasidagi savdo hajmini oshirish maqsadida amalga oshirilgan va rejalashtirgan loyihalar jurnalist va blogerlarga iftor bahonasida tanishtirildi.

Batafsil o'qish.

JM BLOG Iftorlikdaman...
1.2K views13:38
Ochish/sharhlash