Get Mystery Box with random crypto!

Jakhongir's blog

Telegram kanalining logotibi jkhudaynazarov — Jakhongir's blog J
Telegram kanalining logotibi jkhudaynazarov — Jakhongir's blog
Kanal manzili: @jkhudaynazarov
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 27
Kanalning ta’rifi

blog_shunchaki kuzatganlarim
Ichki xotirjamlik
#infinity #criticalthinking

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-02-20 20:45:00
Va nihoyat! Ana endi, Oʻzbekiston Oliy ta’limi rivojlanib ketadi!

Videoni talabalarga yuboring!

@subyektivuz
38 views17:45
Ochish/sharhlash
2023-02-20 19:33:24 Qo'lingdan Nima keladi?

Matematikani bilaman dars o'ta olishim mumkin

Yozish qolimdan keladi yaxshi fikr kelsa yozaman albatta

Fikrlarim bor lekin fikr uchun hech kim menga pul tolamaydi

Mashina haydashni bilaman kirakashlik qilishim mumkin

Institutga kirishdan maqsad nima? Bilmadim institutga kirishdan oldin maqsadim bolgan uyam bo'lsa institutga kirish

Kitob o'qish qolimdan keladi bu bilan qanday foydali ish qilish mumkinligini bilmayman
37 viewsedited  16:33
Ochish/sharhlash
2023-02-20 07:41:47 Aytaylik , ayoling gazni yoqmoqchi bo'ladi. Gaz birdan lop etib , ayolingni yengiga yopishadi.
- Gaz? Bizda gaz nima qiladi?
- Gazimiz bor , ana , Obshir qishlog'i adog'idan quvurda o'tib yotibdi.
- Quvurda o'tib yotsa , qaysi bir mamlakatga o'tib ketayaptida.
- Ishqilib , gazing bormi borda. Shu gaz biznikida . Qaysi mamlakatga ketsada , ishqilib bizning gazimizda. Hech bo'lmasa ballon gazing bordir?
- O'tin bor , tappi bor
- Xo'p , uyog'ini qo'yaver. Gazing bor deb faraz qilamiz .
( Tog'ay Murod "Otamdan qolgan dalalar" )
42 views04:41
Ochish/sharhlash
2023-02-18 22:09:16 Me before you
41 views19:09
Ochish/sharhlash
2023-02-15 21:33:37 Tafsiyuuuu korishga arziydigan mavzular

62 views18:33
Ochish/sharhlash
2023-02-15 17:20:12 Everybody has their faults. Nobody is perfect.
57 views14:20
Ochish/sharhlash
2023-02-15 08:56:24 ​​O'shanda 5-sinf edim.
Yaqin (shustriy) do'stim bo'lardi.
Bir sinfdosh qizga uni sevib qolganimni hammani oldida chaqib bergan.

Bu hayotimda sevgi mavzusidagi ilk messeyj edi. Ko'zimga yosh kelgan o'sha payt. Hozirgacha sababini bilmayman.

Orada kim bilan qanday munosabat bo'lgan hech birini eslolmasligim mumkin, ammo o'sha voqea sekundigacha yodimda. Qizni yonimga kelib, "Sen nega yig'layapsan, jinni. Men yig'lashim kerak" degan gapi ham.

Hozir eslab kulaman. Xulosalarim:

— Sevgi bor.
— Sevish xato emas.
— Sevib, sevilib yashash kerak.

Bizning jamiyatda ta'bu mavzu sifatida ko'riladigan sevgi haqida yaxshi post o'qib qoldim. Quyida taqdim etaman.

​​O'zbekistonda sevgi yo‘qmi?

Mengacha ham, sizgacha ham, birinchi, ikkinchi, uchinchi Renessansgacha, Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilishidan oldin ham, hozirgi O‘zbekiston hududida turli sulolalar hukmronlik qilgungacha va hatto ilk odam izlari dunyoni kezib yurganda ham sevgi-muhabbat bo‘lgan.

O‘zbekistonda turli-tuman bayramlar, sanalar ko‘pdan ko‘p, lekin sevgiga kelganda, birdan odobli bo‘lib qolamiz, o‘zimizdan uyalamiz, kimdir sevsa, uning hislarini o‘yin qilamiz yoki ustidan kulamiz. Marketing yoki reklamada shu mavzudan foydalansa, qanaqadir nomi uzundan-uzoq, tushunarsiz funksiyali idoralardan xatlar keladi. Sevgi mavzusi "MA'QULLANMAGAN" bilan muhrlanadi. Shu odamlarning qalblariyam umrbod muhrlanganmikan, deb o‘ylab ham qolasan…

Yuqoridan tushgan tarbiya agendasi oddiy odamlarning hayotidan sevgidek muqaddas narsani o‘chirib yuborolmasligini esa hammamiz bilamiz.

Butun boshli 35 millionlik aholili davlatda sevgi – xuddi taqiqlangan tushunchadek, o‘qish joyingizdanoq ta'qib boshlanadi, bog‘ tomon qochasiz – yana ta’qib, uyingizga kirasiz – ta'qib. Minbarlardan ta'qib, semiz-semiz sovuqyuz "ma'naviyatparvar" amaldorlardan ta'qib. Haypga o‘ch yutubchilardan ta'qib. Shuncha ta'qib bilan hissiyotlari endi shakllanayotgan yoshlarni payshanba mavzusidan tikka Google qidiruvlari tomon sargardon qilib yuborishadi.

Hurkakkina yoshlarning shaxsiy hayoti, hislariga zargar kabi yondashilmaydi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri buldozer bilan kirib boriladi.

O‘zbekistonda sevgi yo‘qligidan ham hamma bir-biriga o‘qrayadi, hamma bir-biridan alamzada, hayotda mazmun yo‘q, romantiklar bu yurtda shoir bo‘ladi yoki piyonista, yoki bittada combo – har ikkisi bo‘pketadi. Davom ettirmadim.

Sevgi haqida ruboiylar, g‘azallar yozgan ajdodlar, biz ular bilan faxrlanadigan ajdodlar zamonida muhabbat or hisoblanmagani aniq. Biz o‘zgarganmiz, biz o‘zimizcha obrazlar yaratib olganmiz. Hech kim ko‘rmaganda, qanaqamiz?

Gapning qisqasi, O‘zbekistonda sevgi taqiqlanmagan. Mantiqsiz, darchali qonunlar, kimyoviy xossasi o‘zgartirib tashlangan, chirigan, kimdir bizga majburan kiydirgan juldur choponlar va sizning turmushingizga tikilgan, ma'nan g‘ilay ko‘zlar bor, xolos.

O‘zbekistonda sevgi taqiqlanmagan. Seving. Izhor qiling. Hayot shu. (c)
46 views05:56
Ochish/sharhlash