Get Mystery Box with random crypto!

Jahongir Khudaynazarov

Telegram kanalining logotibi jkhudaynazarov0101 — Jahongir Khudaynazarov J
Telegram kanalining logotibi jkhudaynazarov0101 — Jahongir Khudaynazarov
Kanal manzili: @jkhudaynazarov0101
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 30
Kanalning ta’rifi

blog_shunchaki kuzatganlarim
Ichki xotirjamlik
#infinity #criticalthinking

Ratings & Reviews

1.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

3


Oxirgi xabar 2

2023-01-05 18:38:58
Qishki ta'til uzaytirilganini eshitgan do'sting
26 viewsedited  15:38
Ochish/sharhlash
2023-01-05 06:22:30 Mening kuchli tarafim nima?

So’zi o’tkir odam — yozishi, yelkasi keng odam — suzishi kerak

Iqtidoring bor ishni qilsang, qiynalmaysan, oson pul topasan, kattaroq natijalarga erishasan

Ibn Hazm aytganlaridek, Jo’xori o’sadigan joyga bug’doy ekkan odam nodondir. Yerni bekorga sarflabdi. Hech narsa ekmagan emas karl, bug’doy ekkan odam!

Lekin muammo shundaki sen o’zingni kuchli taraflaringni bilmaysan

Nafaqat sen, hech kim bilmaydi

Tez yuradigan odam o’zini tez yuraman deb o’ylamaydi, boshqalarni sekin yuradigan deb o’ylaydi

Yaxshi tinglovchi, o’zini zo’r tinglovchigini emas, boshqalarni eshita olmasligini sezadi

Iqtidor shunday narsa, egasiga ko’rinmaydi

Biror narsaga qiziqasan degani, iqtidoring bor degani emas (O’yin o’ynashu, kino ko’rishga kim qiziqmaydi?)

Iqtidor = boshqalar bilan bir xil harakat qilasan, natija yaxshiroq chiqaveradi.

Shu darajada yaxshiroq chiqadiki, boshqalar buni sezishadi. Aytishadi.

Agar aytishmasa so’rash kerak

Ota-onadan

Ustozlardan

Yaqin do’stlardan

“Mening kuchli tarafim nima?” deb

Takror - takror keladigan javob iqtidorning belgisi bo’ladi

@azizrakhimov_blog
16 views03:22
Ochish/sharhlash
2023-01-05 06:20:03 Ko'p qog'ozning boshiga yetganim uchun, daraxtlarga achinaman...
Ilgari Kam yozardim,zarurat tug'ilgandagina. Endi fikrlarim bo'y cho'zdi, muomala doiram kengaydi... Yozilgan bloknotlarni tashlab yubormayman. Asrayman , qayta o'qiyman. Yaxshigina fikrlar uchrab qoladi. Kundalik suhbatlarning qaydnomasiga ega bo'lish zo'r narsa...
22 views03:20
Ochish/sharhlash
2023-01-04 17:33:22 Аэропортлар - у‌зга бир дунё. У‌згача кувват. Тартибсизликдек ку‌рингани билан хар бирида у‌з ку‌зланган максади бор. Бу вокеликда хар дакикада орзулар парвоз килади ва ку‌нади. Аэропортлар - инсон такдирининг сершовкин чумоли уяси. Унинг нимкоронгу залларида кимдир кимнидир кузатади ёки кутиб олади. У́нлаб одамлар чипталарини силаганча бир тусли у‌риндикларда каторлашиб у́тиришади. Хавога ку‌тарилаётган самолётдан пастга караганча улардан бири бахт сари парвоз килаётганини хаелидан у‌тказса ажабмас. Бирок реал вокелик умидлар билан хисоблашиб у‌тирмайди. Унинг у‌з довонлари бор, ошиб у‌тиш учун машаккат чекмогинг даркор. Чипта сотиб олди, дегани хамиша хам аник учишингни кафолатламайди. Айникса , чиптада ёзилган пайтда. Бу ерда тополмаганингни , у ерда топишинг иложи булармикин?...
26 viewsedited  14:33
Ochish/sharhlash
2023-01-02 20:52:02 Shuni unutmang! Sevishdan qo'rqmanglar! Ishq doim g'alaba qozongan va qozonajak! Bir-biringiz uchun kurashda eng muhimi - bir-birinhgizga bo'lgan ishonch!
https://t.me/jkhudaynazarov0101
28 views17:52
Ochish/sharhlash
2022-12-31 22:09:07 2023
38 views19:09
Ochish/sharhlash
2022-12-31 06:45:59 Янги йил масаласида.

Нишонлайдиган нишонласин, нишонламайдиган нишонламасин. Нишонлайдиган нишонламайдиганга, нишонламайдиган нишонлайдиганга индамасин.
Ҳар бирининг шахсий танлови ва ҳуқуқи.

Дунёвий-ҳуқуқий давлат талаби ҳам шу эмасми аслида?!

Ҳаммаси оддий!
26 views03:45
Ochish/sharhlash
2022-12-28 18:12:57 Buni nomi nimaligini aniq bilmayman. Xalq tilida buni "ish yuvdi" , "o'qish yuvdi" , "haq berdi" xullas shunaqa deyilsa kerak. Sen bilan qandaydir muhim voqea sodir bo'ldi masalan o'qishga kirding yo ishga kirding, farzandli bo'lding va hokazo holatlar uchun yoningdan haq to'lash. Nima ular seni o'qishga kirishingga yordam berdimi( yo o'qishga kirgizib qo'ydimi) yo ishga kirishingga yordam berdimi yo tug'ilganingda tug'ruqxonadan seni uyga olib kelib qo'ydimi?
Bu albatta og'riqli nuqta bo'lishi mumkin. Lekin hammaning seni qistab "tug'ilgan kun qachon" , " ishga kiribsan qachon yuvasan" degan gaplarib qulog'ingga chalinadi. Menda ham bo'lgan . Hurmat qilmaydi kibrlanib ketgan degan gaplarni ham eshitib turaman ayniqsa institutda o'qituvchilardan. Avvalo hurmat qilish uchun hurmatga loyiq inson bo'lish kerak yaqinlar. Siz kimgadir kerak bo'lsangiz yoki sizni hurmat qilsa o'zi siz bilan korishib taklif qiladi o'sha yuvdi yuvdilargami yo qanaqadir boshqa marosimlargami. Keyin unaqa yig'ilib suhbat qilish uchun tug'ilgan kunni yoki bayramni kimnidir ishga kirishini( farzandli bo'lishini ) kutish shart emas nazarimda. Inson o'ziga yaqin deb bilgan insonlari bilan ko'rishib turadi hech bo'lmaganda bir oyda bir marta( albatta boshqa davlatda bo'lmasa yoki ko'rishish imkoni bo'lsa). O'zbekchilik deyishadida men ham o'zbekman o'zbek degani hamma qilib yurgan ishni qilish degani emasku . Insonlar farosatni ishlataylik. Hammani mustaqil fikri bor . Hamma erkin fikr yuritish qobiliyatiga va so'z erkinligiga ega. Albatta bular IMHO fikrlar bo'lsa bemalol eshitamiz...
(Shunaqa gaplar)
48 viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash
2022-12-27 19:34:58 Aslida post kecha qo'yilishi kerak edi. Tushunib yetyapman kimlardir yaqinlashayapti kimlardir uje uzoqlashib bolgan bu albatta IMHO
40 views16:34
Ochish/sharhlash