Get Mystery Box with random crypto!

Diqqat yoshlar! Õzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zola | Jizzax yoshlari | Yoshlar ittifoqi

Diqqat yoshlar!

Õzbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyozlar berilishidan xabaringiz bormi?

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 914-son qarorida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zolariga oliy ta’lim muassasalariga imtiyozli qabul qilishi belgilangan.

Mazkur qarorga muvofiq nomzodlar quyidagi toifalar bo‘yicha tavsiyanomaga ega bo‘lishi mumkin:

1) Yoshlar ittifoqining sardorlari;
2) Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlaridagi yo‘nalish yetakchilari;
3) Yoshlar ittifoqi tizimida ikki yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan fidoyi yoshlar.

Mazkur imtiyozga ega bo‘lish istagini bildirgan Jizzaxlik yoshlar joriy yilning 5-aprel sanasidan 12-aprel sanasiga qadar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Jizzax viloyat Kengashiga hujjat topshirishlari mumkin.

Hujjat topshirish uchun: @Yoshlartaklifi_bot ga murojaat qilishlari so'raladi.

Batafsil:
yoshlarittifoqi.uz/uz/projects/vm-914-batafsil

Bizning sahifamiz:
@jizzaxyoshlari_yi